Markaziy Osiyoning kelajagi ahillik va o‘zaro hamkorlikka bog‘liq

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFlagi stran-uchastnis konferensii po obespecheniyu bezopasnosti i ustoychivogo razvitiya v Sentralnoy Azii
Flagi stran-uchastnis konferensii po obespecheniyu bezopasnosti i ustoychivogo razvitiya v Sentralnoy Azii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mintaqadagi mamlakatlar savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalarda xavfsizlik va barqarorlik masalalarida o‘z salohiyatini faqatgina o‘zaro hurmat, ishonch va manfaatdorlikka asoslangan hamkorlik orqaligina hayotga samarali tatbiq eta oladilar,deb ta’kidladi Mirziyoyev

TOShKENT, 10 noya – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik" mavzuyidagi xalqaro konferensiyada so‘zlagan nutqida mintaqa kelajagi xususida to‘xtalib o‘tdi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: Maqsadimiz – Markaziy Osiyoni gullab-yashnayotgan mintaqaga aylantirish

Prezident BMTga va shaxsan tashkilot bosh kotibi Antoniu Guterreshga mazkur forumni o‘tkazishga yordam bergani va O‘zbekiston tashabbusini qo‘llab-quvvatlagani uchun alohida minnatdorlik izhor etdi.

Mirziyov ushbu zalda Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarini ko‘rib turganidan mamnunligini bildirdi va bu kabi voqea hamisha ham bo‘lavermasligini qayd etdi.

O‘zbekiston prezidenti Rossiya, Xitoy, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Yevropa mamlakatlari, Yaponiya, Turkiya, Eron, Hindiston, Pokiston, Afg‘onistondan tashrif buyurgan oliy darajadagi mehmonlarni hamda MDH mamlakatlari, ShHT, YeXHT vakillari hamda boshqa hamkorlik tashkilotlari vakillarini samimiy qutladi.

Shavkat Mirziyoyev ushbu konferensiyaning ahamiyati va dolzarbligi uning nomida o‘z aksini topganligini ta’kidladi.

"Mintaqamiz xalqlari ming yilliklardan buyon mavjud qardoshlik va ahil qo‘shnichilik rishtalari bilan bog‘langan. Bizni yagona din, tarix, madaniyat va an’analar birlashtirib turadi.

Glavi MID Uzbekistana, Turkmenistana i Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston TIV rahbarlari tarixiy hujjatni imzoladilar

Yevroosiyo yuragida joylashgan bu mintaqa Yevropa va Yaqin Sharq, Janubiy va Sharqiy Osiyonini birlashtirib turguvchi ko‘prik vazifasini o‘taydi. Rossiya va Xitoy singari yirik davlatlar bilan chegaradosh.

Mintaqa tabiiy resurslarga boy. Bu yerda ko‘plab davlatlar va butun boshli mintaqalar rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan o‘ta noyob madaniy-sivilizatsiyaga oid salohiyat to‘plangan", dedi O‘zbekiston prezidenti.

Mirziyoyev shu bilan birga Markaziy Osiyoda dunyodagi buyuk davlatlar manfaatlari kesishishini ham ta’kidladi.

"Mintaqa nobarqaror va mojarolar o‘choqlariga tutash. Yaqin va olis davlatlarda ro‘y berayotgan mojarolar salbiy ta’sirini o‘zida his etadi.

Shunday ekan, mintaqada vaziyat qay tarzda rivojlanadi, degan haqli savol tug‘iladi.

Mojarolar va qarama-qarshiliklar ssenariysi bo‘yichami? Yoxud hamkorlik va rivojlanish yo‘lidan boradimi?", deya fikr bildirdi O‘zbekiston rahbari.

Shavkat Mirziyoyev umumiy soni 70 million nafardan ortiq ushbu mintaqa kelajagi Markaziy Osiyodagi har bir davlat tomonidan shakllantirilishini qayd etdi.

"Bizning qat’iy ishonchimizga ko‘ra, mintaqa rivojlanishi va taraqqiyoti hamkorlik qilishga bo‘lgan astoydil xohish va harakatga, shuningdek, Markaziy Osiyodagi barcha mamlakatlarning umumiy tarixga nisbatan bo‘lgan mas’uliyat hissiga bog‘liq.

O‘zbekiston mavjud kelishmovchiliklar nihoyatda qisqa vaqtda hal etilishi tarafdoridir. O‘zbekiston o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlar yanada mustahkamlanishini xohlaydi.

Mintaqadagi mamlakatlar savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalarda xavfsizlik va barqarorlik masalalarida o‘z salohiyatini faqatgina o‘zaro hurmat, ishonch va manfaatdorlikka asoslangan hamkorlik orqaligina hayotga samarali tatbiq eta oladilar.

Samarqand xalqaro anjumaniga 500 nafar xorijiy vakillar keladi

Ishonchim komilki, bundan hamma — Markaziy Osiyo davlatlari qatorida boshqa davlatlar ham faqat yutadi", deb ta’kidladi Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida o‘tkazilayotgan mazkur forum Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash masalalariga qaratilgan.

Anjumanda mintaqa davlatlarining tashqi ishlar vazirlari, BMT, Yevropa Ittifoqi, YeXHT, ShHT, MDH, YeTTB kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, diplomatik korpus vakillari, taniqli ekspertlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, jami 500 dan ortiq ishtirokchi qatnashmoqda.

Ikki kun davom etadigan forumda Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-kommunikatsiya, suv-energetika, ekologiya va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik sur’atini oshirishning aniq yo‘nalishlari, shuningdek, zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi birgalikda kurashish masalalari muhokama qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0