Jamiyat

Ayrim idoralarning mansabdor shaxslari maʼmuriy jazoga tortildi

© Sputnik / Dmitriy AstaxovChinovnik vыxodit iz kabineta
Chinovnik vыxodit iz kabineta - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, "Sanoatgeokontexnazorat" davlat inspektsiyasi hamda "Oʻzbekkino" Milliy agentligining mansabdor shaxslariga nisbatan maʼmuriy jazo choralari qoʻllanilgan

TOSHKENT, 11 noya – Sputnik. Adliya vazirligida qonun loyihalari, prezidentining hamda hukumatining normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarini tayyorlashda va Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun kiritishda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar koʻrib chiqildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, yuridik xizmat xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari hamda hukumatning qaror va farmoyishlari loyihalarini ishlab chiqishda qator kamchiliklarga yoʻl qoʻyib kelinayotganligi, bu esa Oʻzbekiston prezidenti hamda hukumatiga kiritiladigan hujjatlar loyihalari va masalalarni oʻz vaqtida va sifatli tayyorlanishiga toʻsqinlik qilayotganligi taʼkidlandi.

Molotok sudi v zale suda - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mansabdor shaxslarga nisbatan jarima miqdori belgilandi

Shuningdek, vazirlik va idoralar tomonidan oʻzlari qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish borasidagi ishlari qoniqarsiz darajada ekanligi aytib oʻtildi.

Xabarda aytilishicha, mazkur yoʻnalishda Adliya vazirligi tomonidan tegishli vazirlik va idoralarga ularning idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni yuqori turuvchi qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritiladi va ularning bajarilishi ahvoli nazorat qilinadi.

Biroq ayrim vazirlik va idoralar tomonidan mazkur taqdimnomalar bajarilmagan. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, "Sanoatgeokontexnazorat" davlat inspektsiyasi hamda "Oʻzbekkino" Milliy agentligining mansabdor shaxslariga nisbatan mazkur holat boʻyicha maʼmuriy jazo choralari qoʻllanilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala