Sport

Isroil Madrimov Sankt-Peterburgdagi turnirda eng yaxshi bokschi boʻldi

© Federatsiya boksa Sankt-PeterburgaKubok Gubernatora Sankt-Peterburga po boksu
Kubok Gubernatora Sankt-Peterburga po boksu - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonning barcha vakillari Sankt-Peterburg gubernatori Kubogi musobaqasidan medallar bilan qaytishdi

TOSHKENT, 14 noya — Sputnik. Oʻzbekistonning barcha vakillari VI xalqaro "Sankt-Peterburg gubernatori Kubogi" musobaqasida medallarni qoʻlga kiritishdi, deb xabar berdi Oʻzbekiston Boks federatsiyasi.

8-12 noyabr kunlari Sankt-Peterburgdagi "Dinamo" sport majmuasida boʻlib oʻtgan musobaqada Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ukraina, Tojikiston, Estoniya va Rossiyadan yuzdan ortiq bokschilar qatnashishdi.

© Federatsiya boksa Sankt-PeterburgaBoks boʻyicha Sankt-Peterburg gubernatori Kubogi
Kubok Gubernatora Sankt-Peterburga po boksu  - Sputnik Oʻzbekiston
Boks boʻyicha Sankt-Peterburg gubernatori Kubogi

Oʻzbekiston terma jamoasi uch bokschi bilan ishtirok etdi va ularning barchasi oʻz vazn toifalarida finalga chiqishdi. Hal qiluvchi bahsda Isroil Madrimov (75 kggacha) rossiyalik Igor Ivanchenko ustidan, Shunqor Abdurasulov (60 kggacha) yana bir rossiyalik Ruslan Batmanovdan ustun kelishdi hamda oltin medallarni qoʻlga kiritishdi.

Sanjar Tursunov (91 kggacha) musobaqaning kumush medaliga sazovor boʻldi.

Isroil Madrimov shuningdek turnirning eng yaxshi bokschisi deb tan olindi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala