Jamiyat

Oʻzbekistonda 1 dekabrdan xorijga pul joʻnatmalarini soʻmda joʻnatish mumkin boʻladi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Mijoz bankka milliy valyuta bilan keladi, bu yerda pul xorij valyutasiga konvertatsiya qilinadi va chet elga joʻnatiladi

TOSHKENT, 15 noya — Sputnik. Oʻzbekiston banklari 1 dekabrdan xorijga pul joʻnatmalarini soʻmda joʻnatishni yoʻlga qoʻyadi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Bugungi kunda oʻzbekistonliklarda xorijdagi, masalan, chet elda oʻqiyotgan yoki davolanayotgan yaqinlariga pul joʻnatish ehtiyoji katta. Ammo aholi hattoki konvertatsiya ochilganidan keyin ham pul joʻnatish xizmatidan toʻlaqonli foydalana olmayapti, chunki banklar xorijga joʻnatish uchun faqat naqd xorij valyutasini qabul qiladi. Lekin tez orada vaziyat oʻzgaradi.

Tsentralnыy bank Respubliki Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Tijorat banklarining chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish litsenziyalari tugatildi

"1 dekabrdan boshlab ushbu xizmat joriy etiladi. Natijada chet elga pul joʻnatmoqchi boʻlgan, lekin xorijiy valyutasi boʻlmagan fuqarolar soʻmda pul joʻnatishlari mumkin boʻladi. Ular bankka milliy valyuta bilan kelishadi, bu yerda pul xorij valyutasiga konvertatsiya qilinadi va chet elga joʻnatiladi", — dedi Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari Timur Ishmetov Xalqaro press-klub yigʻilishida.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 5 sentyabrdan boshlab jismoniy shaxslar banklarga valyutani bozor kursida sotish huquqiga ega boʻlishdi. Xorij valyutasini sotib olish esa tijorat banklarining konversion boʻlimlarida xalqaro toʻlov kartalariga oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.

Yuridik shaxslar xalqaro operatsiyalar uchun banklardan xorij valyutasini cheklanmagan miqdorda sotib olishi mumkin.

Oʻtgan davr mobaynida Oʻzbekistondagi banklar aholi va biznes vakillaridan bir yarim milliard dollardan ziyod valyuta sotib olgan.

Yangiliklar lentasi
0