TOSHKENT, 15 noya – Sputnik. Oʻzbekiston Bosh prokuraturasida lavozimiy tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Oʻzbekiston prezidentining 2017 yil 14 noyabrdagi farmonlariga asosan, Samadov Salom Ismatovich va Tadjiyev Erkabay Aminovich Oʻzbekiston Respublikasi bosh prokurorining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, Igamov Djaxongir Xusanovich Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining boshligʻi lavozimiga tayinlandi.