TOSHKENT, 15 noya — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalari yoshlarni oʻqishga taklif qilmoqda, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB matbuot-xizmati.
Vazirlikning amaldagi meʼyoriy buyruq talablariga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy harbiy taʼlim muassasalariga kirish uchun fuqarolarning yoshi 17 yoshdan 23 yoshgacha boʻlishi, koʻrsatib oʻtilgan boʻlib, nomzodlarning yoshi oʻqishga qabul yilining 31 dekabriga qadar hisoblanadi.
Shuningdek, oʻgʻil bolalarning boʻyi 170 smdan past boʻlmasligi, qizlarning boʻyi esa 165 smdan past boʻlmasligi shart.
Oʻgʻil bolalar oʻzlari bilan pasport, chaqiruv yoki harbiy guvohnoma va maʼlumoti toʻgʻrisida hujjatlari (diplom, shahodatnoma), qizlar esa pasport va maʼlumoti toʻgʻrisida hujjatlari (diplom, shahodatnoma) olib kelishlari soʻraladi. Qabul har haftaning dushanba kunidan juma kuniga qadar soat 09:00 dan 17:00 ga qadar Toshkent shahar IIBB Kadrlar boshqarmasiga bevosita boʻysunuvchi Kasbiy tayyorgarlik markazida amalga oshiriladi.