Turizm

Buxoroga kelgan sayyohlar soni soʻnggi bir yarim oy ichida 10 foizga koʻpaydi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Bundan avval, taniqli Rossiya ishbilarmoni Alisher Usmonov Buxoroda yangi sayyohlik majmuasini barpo etishi haqida xabar berilgandi. Ushbu majmua tarkibida zamonaviy kichik qavatli mexmonxonalar, madaniy, sogʻlomlashtirish, savdo-sotiq hamda koʻngil ochar markazlar quriladi.

TOSHKENT, 15 noya — Sputnik. 2017 yil oktyabr va noyabr oyi boshidagi muddat davomida Buxoro viloyatiga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlarning soni 10 foizga koʻpaydi, deb xabar qildi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.

Buxoro viloyatida qadimiy obidalariga 590 ming kishi tashrif buyurdi. Ular ichida eng koʻpi (90 foiz) oʻzbekistonliklar tashkil qiladi.

© uzbektourism.uzTuristы v Buxare
Turistы v Buxare - Sputnik Oʻzbekiston
Turistы v Buxare

Xorijiy sayyohlar eng koʻp — 70 ming nafari Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasiga tashrif buyurishdi.

Bundan avval, taniqli Rossiya ishbilarmoni Alisher Usmonov Buxoroda yangi sayyohlik majmuasini barpo etishi haqida xabar berilgandi. Ushbu majmua tarkibida zamonaviy kichik qavatli mexmonxonalar, madaniy, sogʻlomlashtirish, savdo-sotiq hamda koʻngil ochar markazlar quriladi.

Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi yangi sayyohlik hududi uchun alohida joy ajratib berdi. Loyiha tashabbuskorlariga Gijduvon koʻchasi va "Koʻhna va boqiy Buxoro" madaniy maʼrifiy majmuasi oʻrtasidagi maydoni 10 gektar boʻlgan yer joy berildi.

Ushbu qurilish obʼyekti yaratishiga Milliy bankning kichik korxonasi NBU Bukhara Invest javobgar boʻladi. Loyihaning batafsil kontseptsiyasi 2018 yil yanvar oyiga qadar ishlab chiqish zarur.

Yangiliklar lentasi
0