TOSHKENT, 15 noya — Sputnik. Oʻzbekistonda elektromobillarni savdo — Ecars internet xizmati paydo boʻldi. Nuz.uz internet nashri xabariga asosan.
Endi Ecars internet sayti orqali elektromobil narxlari, texnik xususiyatlari bilan tanishish mumkin. Shuningdek, anketani toʻldirib, mashinaga buyurtma berish imkoniyati mavjud.
Ecars internet saytida oʻndan ortiq elektromobil modellari havola etilgan. Ushbu sayt orqali mashina ishlab chiqarilgan yili, bosib oʻtgan masofa, kuzov va salon rangi bilan tanishish mumkin.
Taʼkidlab oʻtish kerakki, saytda sotuvga asosan AQShda ishlab chiqarilgan va avval foydalanilgan avtomashinalar qoʻyilgan. Mashinalar kompaniya xodimi tomonidan savdo auktsionida sotib olinadi va suv transportida Vladivostok shahriga yetkaziladi. U yerdan temir yoʻl orqali Oʻzbekistonga keltiriladi.
Mashina egalariga mashina buyurtma qilingan kundan boshlab, 55 kun ichida yetkaziladi.
"Elektromobillar — bu kelajak transportidir. Mashina tejamkor, ekologik toza va juda qulay. Ularga talab bor, shuning uchun biz maxsus sayt ochdik. Saytda qiziquvchilar kerakli maʼlumotlar bilan tanishib, yoqqan avtomashinani tanlab, buyurtma berishi mumkin. Boshida biz avval foydalanilgan mashinalarni sotishga qaror qildik. Chunki bugungi kunda yangi avtomashinaning narxi bojxona toʻlovlari bilan birga hisoblanganda, mashina umumiy narxining 56 foizini tashkil qiladi, bu juda qimmat", — deb izoh berildi kompaniya tomonidan.
2060 yilga kelib jahon avtoparki hajmida elektromobillarning ulushi 65 foizni tashkil qiladi.
"2060 yilga kelib jahonda 65 foizgacha elektr avtomobillaridan foydalaniladi degan taxminlar bor", — deydi IHS Markit raisi oʻrinbosari Deniyel Yergin.
2025 yilda 2016 yildagi koʻrsatkich bilan solishtirganda, butun dunyoda yoʻlovchi elektromobillarni sotilishi 14,2 million mashina yoki 6 baravarga ortadi. Bu oʻz navbatida Wood Mackenzie kompaniyasi yetakchi tadqiqotchisi Shon Mulshou taxminiga koʻra, elektromobillar koʻpayishi elektr quvvatlagichlarda ishlab chiqarishda foydalaniladigan — nikelning taqchilligiga olib kelishi mumkin.
Elektromobil — bu bir yoki bir nechta elektr dvigatellar (energiya manbaalari taʼminlovi asosida) yordamida harakatga keltiriladigan avtomobildir (ichki yonuv dvigateli emas).
Elektromobillarni ichki yonuv dvigateli avtomashinalar, shuningdek elektr energiya yordamida harakatlanuvchi trolleybus va tramvaylardan farqlash kerak.
Eslatib oʻtamiz, 2017 yil iyul oyida Oʻzbekistonga shveytsariyalik sayyohlar "moʻjiza mashinasi" — Tesla elektromobillida yetib kelishgandi.