Iqtisod

Markaziy bank ilk bor Oʻzbekiston oltin-valyuta zaxiralar miqdorini eʼlon qildi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekistonda 1 yanvardan boshlab har bir davlat idorasi, shu jumladan Markaziy bank oltin-valyuta zaxiralari, pul taʼminoti va boshqa iqtisodiy koʻrsatkichlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni rasman eʼlon qiladi

TOSHKENT, 15 noya — Sputnik. Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari Timur Ishmetov 2017 yil 1 noyabr holatiga Oʻzbkiston oltin-valyuta zaxiralari 26 milliard dollarni tashkil qilishini maʼlum qildi.

Dengi - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston banklari 1,5 milliard dollardan ortiq mablagʻ almashtirildi

Markaziy bank amaldorining soʻzlariga koʻra, soʻnggi ikki oy davomida bu koʻrsatkichlar 750 million dollardan ortdi.

"Biz ilgari bu maʼlumotni oshkor qilinmaganmiz. Bu maʼlumot maxfiy hisoblangan. Lekin davlat rahbari tomonidan ushbu masala xususida qaror qabul qilingan. Qarorda bir qator qator iqtisodiy koʻrsatkichlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ochiq eʼlon qilinishi qayd etilgan. Shundan kelib chiqqan holda 1 yanvardan boshlab har bir davlat idorasi, shu jumladan Markaziy bank oltin-valyuta zaxiralari, pul taʼminoti va boshqa iqtisodiy koʻrsatkichlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar rasman eʼlon qilinadi. Bugun biz birinchi marta Oʻzbekiston oltin-valyuta zaxiralar hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotni eʼlon qilamiz", — dedi Ishmetov.

Markaziy bank rahbari respublikada erkin konvertatsiya joriy etilgandan buyon valyuta birjasida xorijiy valyutani sotish hajmi xarid qilish hajmidan ortib ketdi. Xususan, ikki yarim oy ichida Markaziy bank bu farqni 325 million dollarlik hajmda xarid qildi.

Yangiliklar lentasi
0