Jamiyat

Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori va moliya vaziri tayinlandi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori lavozimida Erkabay Tadjiyev ishlab kelayotgan edi

TOSHKENT, 16 noya – Sputnik. Rashid Nasrullayevich Rahmatov Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori lavozimiga tayinlandi, deb xabar bermoqda KRuz.uz.

Pustoye kreslo - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Qoraqalpogʻiston iqtisodiyot vaziri tuman hokimi etib tayinlandi

R.Rahmatov bunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining boʻlim boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori lavozimida Erkabay Tadjiyev ishlab kelayotgan edi. U Oʻzbekiston prezidentining farmoniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi bosh prokurorining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, KRuz.uzning oʻz manbalariga tayanib xabar berishicha, Sadiqov Maxmud Saidaxmedovich Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vaziri lavozimiga tayinlandi.

Maxmud Sadiqov oʻtgan yilning oktyabrida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi oʻrinbosari etib tayinlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala