“O‘zbekoziqovqatxolding”: shakar 5000 so‘mdan oshmagan narxda sotiladi

© hk.eviSaxarniy pesok
Saxarniy pesok - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sa’y-harakatlardan ko‘zlangan asosiy maqsad shakar narxi keskin oshishining shuningdek, tuman hamda shaharlar kesimidagi savdo va ishlab chiqarish korxonalariga uzluksiz shakar yetkazib berish orqali uning tanqisligi oldini olish

TOShKENT, 17 noya – Sputnik. “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi respublikada shakar mahsulotiga bo‘lgan talabni to‘liq qondirish, ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan mahsulotni savdo do‘konlariga yetkazib berish, ichki bozorda shakar narxining asossiz oshishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida tegishli amaliy ishlarini olib bormoqda.

Saxarniy pesok - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga olib kiriladigan shakar import boji va aksiz solig‘idan ozod qilindi

Kompaniya matbuot kotibi U.Ruziyevning aytishicha, “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi hukumat topshiriqlari asosida xorijiy hamkorlar bilan shakar importi bo‘yicha shartnomalar imzolagan.

Ushbu sa’y-harakatlardan ko‘zlangan asosiy maqsad shakar narxi keskin oshishining shuningdek, tuman hamda shaharlar kesimidagi savdo va ishlab chiqarish korxonalariga uzluksiz shakar yetkazib berish orqali uning tanqisligi oldini olish.

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, ayni paytda aholi uchun shakarni 5000 so‘mdan oshmagan narxda sotish imkoniyati yaratiladi.

Yangiliklar lentasi
0