Konstitutsiya qanday yaratilgandi: tarix muzeyida ko‘rgazma ochildi

© Gosmuzey istorii UzbekistanaGosudarstvenniy muzey istorii Uzbekistana
Gosudarstvenniy muzey istorii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ko‘rgazma ekspozitsiyasidan Bosh qomus tarixiga oid hujjatlarning asl nusxalari, Islom Karimov tomonidan Konstitutsiya loyihasi matnlariga qo‘lozma tarzida kiritgan tuzatishlari joy olgan

TOShKENT, 17 noya — Sputnik. O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida O‘zbekiston Konstitutsiyasining yaratilishi tarixiga bag‘ishlangan arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi ochildi.

Ko‘rgazmaning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, deputatlar, sudyalar, arxiv xodimlari, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimiyati matbuot xizmati.

Flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgarishlar kuchga kirdi

Ko‘rgazma ekspozitsiyasidan Bosh qomus tarixiga oid hujjatlarning asl nusxalari, Konstitutsiya loyihasini tayyorlash jarayoniga oid tarixiy hujjatlar, Birinchi Prezident Islom Karimov tomonidan Konstitutsiya loyihasi matnlariga qo‘lozma tarzida kiritgan tuzatishlari joy olgan.

Bundan tashqari vazirliklar, davlat qo‘mitalari, sud va prokuratura organlari, yozuvchilar, oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari, imom-xatiblar tomonidan Asosiy qonun loyihasi yuzasidan yo‘llagan taklif va mulohazalari hamda xalqning Konstitutsiya loyihasini muhokama qilish jarayonidagi ishtirokiga oid materiallar joylashtirilgan. Ko‘rgazmada Konstitutsiyaning o‘zbek, rus va ingliz hamda boshqa tillardagi ilk bosma matnlari nusxalari ham namoyish etilmoqda.

Tadbirda Asosiy qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida so‘z yuritildi, Konstitutsiyaning qabul qilinishi tarixiga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish etildi.

Yangiliklar lentasi
0