Toshkentdagi uylardan birida noyob yirtqich qushlar borligi aniqlandi

© Sputnik / A. Solomonov / Mediabankka o‘tishSokol sapsan v zoopitomnike
Sokol sapsan v zoopitomnike - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qushlar ekologiya qo‘mitasi xodimlari tomonidan aniqlangan yirtqich qushlar olib qo‘yilib, vaqtincha maxsus qo‘riqlanadigan joyga joylashtirildi. Sud qarori qabul qilingandan so‘ng yirtqich qushlar tabiat bag‘riga qo‘yib yuboriladi

TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Toshkent shahar Sergeli tumanidagi uylardan birida bioinspeksiya xodimlari tomonidan Qizil kitobga kiritilgan yirtqich qushlar borligi aniqlandi, deb xabar qildi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi matbuot-xizmati.

Zaderjanie prestupnika - Sputnik O‘zbekiston
Omborxona tomini yopish uchun 54 tup noyob Zarafshon archasiga bolta urgan mudir qo‘lga tushdi

Tadbir davomida jami 14 ta yirtqich qushlar: lochin, balaban, sapsan, burgut, ukkilar, qarchig‘ay borligi aniqlandi.

Ushbu yirtiq qushlarni saqlagan shaxsda tegishli ruxsatnomalar bo‘lmagan.

Hozirgi kunda ushbu huquqbuzarlik yuzasidan tezkor-qidiruv tadbirlar amalga oshirilmoqda. Qushlar bioinspeksiyasi xodimlari tomonidan aniqlangan qushlar olib qo‘yilib, maxsus qo‘riqlanaligan joyga vaqtinchalik joylashtirildi.

Sud qarori qabul qilingandan so‘ng yirtqich qushlar tabiat bag‘riga qo‘yib yuboriladi.

Yangiliklar lentasi
0