Toshkentda yil boshidan 1800 ortiq qidiruvda bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishSotrudnik pravooxranitelnix organov proizvodit arest
Sotrudnik pravooxranitelnix organov proizvodit arest - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yil noyabr oyida qidiruvda bo‘lgan 69 ta jinoyatchi ushlandi

TOShKENT, 17 noya — Sputnik. 2017-yil boshidan Toshkent shahrida 1841 nafar shaxslar qo‘lga olindi, deb xabar qildi Toshkent IIBB matbuot xizmati.

2017 yil noyabr oyida qidiruvda bo‘lgan 69 ta jinoyatchi ushlandi.

"2017 yil boshidan 682 nafar shaxs bedarak yo‘qolgan sifatida ro‘yxatga olingan bo‘lib, tezkor-qidiruv tadbirlar natijasida yil boshidan — 604, oy davomida esa — 22 nafari aniqlanib yashash joylariga qaytarilgan", — deyilgan xabarda.

Toshkent IIBB ma’lumotlariga ko‘ra, tergov-tezkor tadbirlar natijasida ikki hafta davomida 28 ta (20 ta — o‘g‘irlik, 4 ta — firibgarlik, 2 ta — og‘ir tan jarohati yetkazish va 1 tadan — qotillik, hujjatlarni noqonuniy egallash buzish) jinoyatlari issiq izidan fosh etildi.

Yangiliklar lentasi
0