O‘zbekistonga AQShdan respublikachilar va demokratlar partiyalari vakilari keladi

Obuna bo‘lish
Delegatsiya tarkibidan respublikachilar va demokratlar partiyalari vakillari o‘rin olgan

TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Ertaga Toshkentga AQSh Kongressi vakillar palatasi a’zosi Trent Kelli keladi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

"AQSh Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Trent Kelli boshchiligidagi delegatsiya tarkibidan respublikachilar va demokratlar partiyalari vakillari o‘rin olgan", — deyiladi xabarda.

Parlamentlararo aloqalar doirasida kongressmenlar guruhi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida muzokalar olib borishi, shuningdek, Hukumat va Tashqi ishlar vazirligida uchrashuvlar o‘tkazishi va qator obyektlarga tashrif buyurishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0