TOSHKENT, 21 noya — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi tashkil etildi, deb xabar bermoqda Uznews.
Hujjatga koʻra, yangi tuzilma davlat mudofaa buyurtmalarini shakllantirish va ishlab chiqarishni tashkil etish bilan shugʻullanadi.
Qoʻmita Oʻzbekiston Qurolli kuchlari tizimini qurol-yarogʻ, harbiy texnika, oziq-ovqat va boshqa moddiy buyumlar bilan taʼminlashi belgilangan.
Endilikda mamlakat hududida harbiy-texnika vositalarini ishlab chiqarish, taʼmirlash, qayta ishlash va yoʻq qilish ushbu qoʻmita taqdim etgan litsenziya asosida amalga oshiriladi.
Yangi tashkil etilgan qoʻmita tarkibiga uchta davlat korxonasi – "Oʻzmaxsusimpeks", "Sharq" DUK va Chirchiq aviasozlik taʼmirlash zavodi kiritilgan.