Analitika

Markaziy Osiyo – farovonlik yoʻlidagi hamkorlik

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMejdunarodnaya konferentsiya "Tsentralnaya Aziya: odno proshloye i obщeye buduщeye, sotrudnichestvo radi ustoychivogo razvitiya i vzaimnogo protsvetaniya" v Samarkande
Mejdunarodnaya konferentsiya Tsentralnaya Aziya: odno proshloye i obщeye buduщeye, sotrudnichestvo radi ustoychivogo razvitiya i vzaimnogo protsvetaniya v Samarkande - Sputnik Oʻzbekiston
Markaziy Osiyoda yuz berayotgan siyosiy jarayonlarni baholovchi aksariyat kuzatuvchilar Oʻzbekiston muhim jarayonlarni boshlab beruvchi markazga aylandi, degan fikrdalar

Ilgar Velizade

Gʻarbda Kaspiydan sharqda to Oltoy togʻlarigacha va shimolda Uraldan janubda to Hindikushgacha boʻlgan ulkan mintaqada sodir boʻlayotgan siyosiy jarayonlar u yoki bu tarzda Oʻzbekiston bilan bogʻlangan.

10-11 noyabr kunlari Samarqandda boʻlib oʻtgan "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yoʻlidagi hamkorlik" mavzuidagi anjuman ham buning yorqin dalilidir.

Ministr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Samarqanddagi yirik anjuman yangi siyosiy xaritani hosil qildi - Abdulaziz Kamilov

Anjumanda ilk bor Markaziy Osiyo va Oʻrta Sharqdagi yetti mamlakatning tashqi ishlar vazirlari ishtirok etishdi. Ular bu davlatlarning uzviy hamkorligini yoʻlga qoʻyish orqali mintaqada xavfsizlikka erishish istaklarini bayon etishdi.

Shuningdek, har bir davlatning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda barcha muammolarni hal qilish vazifasi belgilab olindi, barcha mamlakatlarning izchil rivojlanish yoʻlida kelishuv va hamkorlik masalalarida anglashuvga erishildi. Bunga qoʻshimcha ravishda mintaqani yangi texnologiya va investitsiyalar olib keluvchi transport yoʻlagiga aylantirish, davlat rahbarlari ishtirokida turli qarama-qarshiliklarning oldini olishga xizmat qiluvchi maslahatlashuv organini tuzishga qaror qilindi.

Anjuman zalida oʻzaro hamkorlik istiqbollarini boshqacha tasavvur qilgan kishini uchratish mahol edi. Anjumanning eng diqqatga sazovor va markaziy voqeasi bu mintaqa oldida turgan olti ustuvor vazifani koʻrsatib bergan, shu bilan birga oʻzbek tashqi siyosatining “yoʻl xaritasi” sifatida qarash mumkin boʻlgan Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning chiqishi boʻldi.

Oʻzbekiston prezidentining soʻzlariga koʻra, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining muntazam maslahatlashuv uchrashuvlarini tashkil etish yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Shavkat Mirziyoyevdan Markaziy Osiyo boʻyicha "olti diplomatiya" taklifi

Eʼtiborlisi, Oʻzbekiston prezidentining mintaqadagi besh mamlakat rahbarlari uchrashuvini tashkil etish tashabbusiga Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri Abdrahmanov birinchi boʻlib javob berdi hamda Qozogʻiston prezidentining kelasi yil Navroʻz arafasida Astanada rahbarlar uchrashuvini oʻtkazish taklifini yetkazdi.

Umuman olganda, anjuman mintaqada keyingi oʻn yillikda shakllangan voqeliklarni hisobga olgan holda mintaqaning yaqin istiqboldagi taraqqiyoti borasida turli ishtirokchilar oʻz qarashlarini bayon etgan ochiq maydonchaga aylandi.

Kelib chiqadigan umumiy xulosa shundayki, mintaqada oʻz taʼsirini kuchaytirish uchun keyingi oʻn yilliklar davomida olib borilayotgan raqobat kurashi kelgusida ham Xitoy, YEI, Rossiya, AQSH va Turkiya, Eron, Koreya, Pokiston, Hindiston oʻrtasida davom etadi.

Lekin agarda ishtirokchi davlatlar bu raqobatni yaratuvchilik yoʻnalishiga bura olsalar, tashqi kuchlarni Markaziy Osiyo mamlakatlari manfaatlari toʻqnashuviga olib keluvchi harakatlardan uzoqlashtiruvchi umumiy yondashuv ishlab chiqsalar bu raqobat zararga emas, farovonlikka xizmat qilishi mumkin.

Stiven Frederik - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Starr: Markaziy Osiyoga tashqaridan taʼsir koʻrsatishga urinishlar hamisha puchga chiqqan

Markaziy Osiyo mintaqasidagi hamkorlik istiqbollari borasida ishtirokchilar ham oʻz fikrlarini bildirdilar.

Atlantika kengashining Din Patrisiu nomidagi Yevrosiyo markazi direktori Jon Edvard Xerbstning fikricha, mintaqada 25 yil davomida vaziyat juda yaxshi boʻlgan. Bu hech qachon tilga olinmay kelgan holat. Chorak asr davomida bu yerda barqarorlik va tinchlik hukm surdi. Bu toʻlaligicha tan olinmagan muvaffaqiyat. Ha, Tojikistonda fuqarolar urushi boʻlgan, lekin u 1997 yilda yakunlangan.

Mazkur muammoni qisman qoʻshnilar yordamida hal qilishga erishildi: bu jarayonda Rossiya, Oʻzbekiston va Eron ijobiy rol oʻynadi. Yana bir narsa, mintaqada terrorizm muammosi mavjud boʻlgan. Baribir janubda – nafaqat Afgʻoniston, balki Pokistonda ham nobarqarorlik boʻlsa-da, bu yerda tinchlik hukm surmoqda va muhit anchagina xavfsiz. Albatta, Afgʻonistondan terrorizm suqilib kirishga urinishi mumkin, chunki “Tolibon” kuchayib bormoqda. Buning mintaqaga taʼsiri qanday boʻlishi haqida hozircha biror narsa deyish qiyin.

Yevroittifoqning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha oliy vakili Federika Mogerinining fikricha, u keyingi yillarda mintaqada birlashish tendentsiyasini kuzatmoqda.

Vladimir Norov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Vladimir Norov: Markaziy Osiyo — rivojlangan va yetarli imkoniyatlarga ega mintaqa

Uning aytishicha, bu ijobiy hodisa boʻlib, mamlakatlar yolgʻiz oʻzi hal qilishiga yoʻl qoʻyilmaydigan (masalan, chegaraviy suv resurslarini boshqarish) yoki mintaqa miqyosida muvaffaqiyatli hal etiladigan (masalan, terrorizm va radikalizmga qarshi kurash) masalalarni innovatsion usul va hamkorlikdagi saʼy-harakatlar evaziga yechish imkonini beradi. Mogerini Yevropa ittifoqi mintaqaviy birlashuv jarayoniga hamda umumiy masalalarni yechish yoʻllarini topish boʻyicha muzokaralar oʻtkazishda yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Aleksandr Pankinning fikriga koʻra esa, butun mintaqada (Rossiya – Markaziy Osiyoning qoʻshnisi hisoblanadi) xalqaro terrorizmning tarqalishi, narkotrafikka qarshi kurashni kuchaytirishda aksilterror himoyani taʼminlash mexnazilarini mustahkamlash zaruriyati mavjud. Xususan, KXSHT, SHHT Mintaqaviy aksilterror kengashi va MDH Aksilterror markazi doirasida.

Ishtirokchilar shuningdek, mintaqa mamlakatlari bilan aloqalarni, tranzit yoʻllarini rivojlantirishdagi hamkorlik borasida Ozarbayjonni ham bir necha bor tilga olishdi.

Ozarbayjon xavfsizlik masalalarini hal qilishda hamda Kaspiyboʻyi hamkorligi doirasida muhim sheriklardan biri sifatida koʻrilmoqda. Agarda Samarqand anjumanining maqsadi turli mamlakat va mintaqalarning birlashuvi orqali jamiyatning izchil rivojlanish salohiyatini oshirish boʻlganligini hisobga oladigan boʻlsak, bu judayam quvonarli.

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala