TOSHKENT, 21 noya — Sputnik. Oʻzbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi delegatsiyasi 5-7 dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan Novosibirskda boʻladi. Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tashrif doirasida Novosibirskdagi yirik sanoat korxonalari, muassasalar, kasaba uyushmalari tashkilotlari, turoperatorlar bilan uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Bu orqali turizm sohasida rossiyalik sheriklar bilan hamkorlikni kengaytirish koʻzda tutilgan.
Oktyabrda Toshkentda boʻlib oʻtgan "Ipak yoʻlida turizm" xalqaro koʻrgazmasida Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida 2017-2018 yillarda hamkorlik boʻyicha "yoʻl xaritasi" imzolandi. "Yoʻl xaritasi"dan rossiyalik turistlar uchun maxsus turistik paketlar ishlab chiqish hamda Rossiya turizm bozorida Oʻzbekiston milliy turistik mahsulotlarini keng targʻib etish oʻrin olgan.