TOSHKENT, 21 noya — Sputnik. Oʻzgidrometning maʼlum qilishicha, 24 noyabrda Qoraqalpogʻistonda ayrim joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin, 25 noyabrda yomgʻir ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 26 noyabrda ayrim joylarda biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Harorat 23 noyabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi, 24-26 noyabrda kechasi 0-5 darajagacha sovuq, kunduzi 0-5 darajagacha iliq boʻladi.
Xorazm viloyatida 24 noyabrda ayrim joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin, 25 noyabrda yomgʻir ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 26 noyabrda ayrim joylarda biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Harorat 23 noyabrda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi, 24-26 noyabrda kechasi 0-5 darajagacha sovuq, kunduzi 0-5 darajagacha iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida 23-24 noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 25-26 noyabrda yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Harorat 23 noyabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi. 24 noyabrda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi, 25-26 noyabrda kechasi 2-7 darajagacha iliq, kunduzi 7-12 darajagacha iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida 23-24 noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 25-26 noyabrda yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda 26 noyabrda qorga aylanishi mumkin. Harorat 23 noyabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq, 24 noyabrda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi, 25-26 noyabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 23-24 noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 25-26 noyabrda yomgʻir yogʻadi. Harorat 23-25 noyabrda kunduzi 17-22 daraja iliq, 26 noyabrda 10-15 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida 23-25 noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 26 noyabrda yomgʻir yogʻishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida 23-24 noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 25-26 noyabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Harorat 23-24 noyabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 9-14 daraja iliq boʻladi, 25-26 noyabrda kechasi 3-8 darajagacha sovuq, kunduzi 0-5 darajagacha iliq boʻladi.