TOSHKENT, 21 noya — Sputnik. Ruhiy kasalliklar shifoxonasidan qochgan uchinchi shaxs qoʻlga olindi, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB matbuot-xizmati.
"2017 yilning 21 noyabr kuni soat taxminan 15:00larda, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, Chilonzor tumanida joylashgan "Abu Saxiy" bozori hududida, 2017 yilning 20 noyabr kuni Olmazor tumanida joylashgan ruhiy kasalliklar shifoxonasidan qochgan uchinchi shaxs Omonov Sherqul Safarovich qoʻlga olindi", — deyiladi xabarda.
Ushlash jarayonida, u yonida boʻlgan pichoq bilan ichki ishlar organlari xodimiga qurolli faol qarshilik koʻrsatib, yon atrofdagilarga nisbatan jiddiy xavf tugʻdirgan. Biroq, IIO xodimi tan jarohati olgan boʻlishiga qaramay, yuqori professional tayyorgarligi va jasorati tufayli SH.S.Omonovni qurolsizlantirib, qoʻlga olgan.
© GUVD g. TashkentaSbejavshey iz psixiatricheskoy bolnitsы Omonov SH.S

Sbejavshey iz psixiatricheskoy bolnitsы Omonov SH.S