Dunyoda

2018 yilda kuchli zilzilalar yuz berishi mumkin

© Sputnik / Boris Kaufman / Mediabankka oʻtishPosledstviya zemletryaseniya v Kayrakkume
Posledstviya zemletryaseniya v Kayrakkume - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Amerikalik olimlar Yer aylanish tezligining davriy oʻzgarishlari bois kelasi yili seysmik faollik sezilarli ravishda oshishi mumkinligi haqida ogohlantirishmoqda

TOSHKENT, 21 noya — Sputnik. Aylanishdagi oʻzgarishlar sezilarsiz boʻlib, sutka davomiyligini atigi millisekundga oʻzgartirsa-da, bu oʻzgarishlar yer ostida ulkan quvvat hosil boʻlishiga sabab boʻladi.

Har 5 yilda yuz beradigan yer aylanishining sekinlashishi va seysmik faollik oʻrtasidagi bogʻliqlikni ilgariroq Kolorado va Montana universitetlari geofiziklari aniqlagan boʻlib, ular Observer jurnaliga amaliy xulosalari haqida aytib oʻtishdi.

Igor Nikoare - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Zilzila vaqtida qayerga yashirinish kerak?

"Yer aylanishi va seysmik faollik oʻrtasidagi mutanosiblik sezilarli boʻlib, kelgusi yilda kuchli zilzilalar soni koʻpayishidan darak beradi", — deb taʼkidlaydi Kolorado universiteti tadqiqotchisi Rojer Bilem. Agar olimlarning hisob-kitoblari toʻgʻri chiqsa, 2018 yilda 15-20ta oʻrniga 25-30ta yirik zilzila yuz beradi.

Zilzilalar aynan qayerda yuz berishini Bilem aniq aytmadi, lekin maʼlumotlarga koʻra, yer silkinishlari ekvator yaqinida koʻproq kuzatiladi.

Aksariyat yirik zilzilalar odatda odamlar yashamaydigan hududlarda sodir boʻladi, biroq 7 balli birgina zilzila ham ulkan vayronagarchiliklarga olib kelishi mumkin.

Masalan, 2010 yilda Gaitida 7 balli zilzila oqibatida 100 mingdan ortiq kishi halok boʻlgan, 2011 yili Yaponiyada yuz bergan 9 balli zilzila 18 ming kishining hayotdan koʻz yumishiga olib kelgan.

Aylanish tezligidagi oʻzgarishlar Yer faolligiga qanday tarzda bogʻliq ekanligini olimlar hozircha aniqlashgani yoʻq. Lekin Bilem va uning hamkasbi Rebekka Bendikning nazariyasi tasdiqlansa, yirik zilzilalarni bashorat qilish vositasiga ega boʻlamiz, deb xabar beradi Quartz.

Yangiliklar lentasi
0