TOSHKENT, 21 noya — Sputnik. Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi aloqalarning mustahkamlanishi va xorijiy investitsiya ajratilishi Rogʻun GESi qurilishini bitkazishga koʻmak beradi. Bu haqda Yevropa taraqqiyot banki tahlilchilari aytishmoqda.
"Tojikiston hukumatining Rogʻun GESi qurilishini bitkazish rejasiga qoʻshimcha turtki berildi. Oʻzbekiston-Tojikiston aloqalarining yaxshilanishi va xalqaro bozordan 500 million dollarlik mablagʻ jalb qilinishi Italiyalik qurilish pudratchi kompaniyasiga nafaqat qurilish rejasidagi ortda qolishni bartaraf etadi, balki GESning birinchi bosqichini 2018 yil oxirida bitkazishga imkon beradi", — deyilgan Yevropa taraqqiyot banki makroiqtisodiy guruhi bosh iqtisodchi axborotida.
Rogʻun GES qurilish ishlarini yakunlanishi bilan italiyalik Salini Impregilo kompaniyasi shugʻullanmoqda. Rogʻun GESi barpo etilishiga Oʻzbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov qarshi boʻlib, BMT shafeligida ushbu gidrostantsiya loyihasi ekspertiza qilinishini talab qilgan. Oʻzbekiston hukumati tomonidan GES qurilishi natijasida daryo oqimi pasayishi va toʻgʻon yorilgan taqdirda ekologik ofatlarni keltirib chiqarishi mumkinligini taʼkidlangandi.
Axborot mualliflariga koʻra, Tojikiston hukumati tomonidan shu yil sentyabr oyida Rogʻun GESi qurilishi uchun mablagʻlarni jalb qilish maqsadida xorij bozorida qimmatli qogʻozlar (eurobond) chiqarilishi istiqbolda investitsiyalar oqimini koʻpayishini tiklashi mumkin.
Tojikiston hukumati Rogʻun GESini qurish uchun mablagʻ topish maqsadida xalqaro bozorlarga 500 million dollarlik qimmatli qogʻozlarni chiqargandi. Tojikiston milliy bankining sentyabr oyi yakunidagi maʼlumotiga kщra, ushbu qogʻozlar AQSH, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi va Osiyo davlatlari sarmoyadorlariga sotilgan.
GESning birinchi turbinasi 2018 yil yakunida, ikkinchisi — 2019 yil boshida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Ushbu ikkita agregat yordamida ishlab chiqariladigan energiyani sotish hisobiga Rogʻun GESining keyingi qurilishi davom ettiriladi.