Shavkat Mirziyoyev Seulda tantanali kutib olindi

© president.uzShavkata Mirziyoyeva torjestvenno vstretili v Seule
Shavkata Mirziyoyeva torjestvenno vstretili v Seule - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti prezident Mun Chje Inning taklifiga binoan 22-noyabr kuni davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasiga keldi.

TOShKENT, 22 noya – Sputnik. Shavkat Mirziyoyevni Seul xalqaro aeroprtida tantanali kutib olishdi.  O‘zbekiston Prezidenti sharafiga ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi, prezident matbuot xizmati xabariga asosan.

Shavkat Mirziyoyevni Koreya Respublikasining rasmiy shaxslari kutib oldi. Marosimdan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.

© president.uzShavkata Mirziyoyeva torjestvenno vstretili v Seule
Shavkata Mirziyoyeva torjestvenno vstretili v Seule - Sputnik O‘zbekiston
Shavkata Mirziyoyeva torjestvenno vstretili v Seule

Eslatib o‘tamiz, 22-25 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan ushbu tashrif davomida, oliy darajadagi muzokaralarda o‘zaro hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, moliyaviy-sarmoyaviy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi davlatlararo aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashish ko‘zda tutilgan. 

Tashrif doirasida davlatimiz rahbari Milliy Assambleya Spikeri Chon Se Gun va Koreya Respublikasi Bosh vaziri Li Nak Yon bilan uchrashishi, ikki davlatning yetakchi iqtisodiy va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari, yirik ishbilarmonlar ishtirokidagi O‘zbekiston – Janubiy Koreya biznes forumida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Tashrif yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi Prezidentlarining Strategik sheriklikni har tomonlama rivojlantirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonoti qabul qilinishi, shuningdek, turli sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishga doir ko‘plab hukumatlararo va idoralararo hujjatlar, tijorat kelishuvlari va shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0