O‘zbekistonda Koreyaning zamonaviy tibbiyot klinikasi quriladi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishKliniko-diagnosticheskaya laboratoriya. Arxivnoe foto
Kliniko-diagnosticheskaya laboratoriya. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Muzokaralar yakuniga ko‘ra Sog‘liqni saqlash vazirligi "Tibbiyot yetakchilari korporatsiyasi" va Gachon University Gil Medical Center in Incheon bilan o‘zaro tajriba almashish va Koreyada o‘zbek shifokorlarining malakasini oshirish bo‘yicha memorandumlar imzoladi

TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Janubiy Koreyaning Chung Hospital gospitali O‘zbekistonda zamonaviy tibbiyot klinikasini qurishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyatining Janubiy Koreyaga tashrifi doirasida mazkur loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. O‘zbekiston tomoni shuningdek Koreyaning Gachon University Gil Medical Center in Incheon, Myongji Hospital in Seoul, "Tibbiyot yetakchilari korporatsiyasi ", Chonnam National University Hospital in Gwangju kabi klinikalari bilan ham muzokaralar o‘tkazdi.

Mnogoyarusnie transportnie razvazki - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Janubiy Koreya shahar transportini boshqarish tizimi o‘rnatiladi

"Uchrashuvlar davomida o‘zbekistonlik talabalarning Koreyada ta’lim olishlari, O‘zbekistonda yuqori texnologiyali va zamonaviy klinikalar qurish hamda ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi", — deb xabar berdi O‘zbekiston prezidentining Janubiy Koreyaga tashrifini yoritish bo‘yicha matbuot markazi.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra Sog‘liqni saqlash vazirligi "Tibbiyot yetakchilari korporatsiyasi" va Gachon University Gil Medical Center in Incheon bilan o‘zaro tajriba almashish, Koreyada o‘zbek shifokorlarining malakasini oshirish, koreys mutaxassislari ishtirokida O‘zbekistonda master-klasslar o‘tkazi va telemeditsinani rivojlantirish bo‘yicha memorandumlar imzoladi.

Tez orada Myongji Hospital in Seoul va Chonnam National University Hospital in Gwangju bilan ham shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.

Shuningdek, Toshkentda mamlakat tarixida ilk bor tibbiyot sohasida mutaxassislar tayyorlovchi xorijiy oliy ta’lim muassasasining filiali paydo bo‘lishi mumkin. Koreyaning Inxa universiteti tibbiyot maktabiga mazkur loyihani amalga oshirish taklif etildi.

O‘zbekiston va Janubiy Koreya filial hamda Inxa universitetining ixtisoslashgan tibbiyot klinikasi ochilishi bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish bo‘yicha ishchi komissiya tuzishga kelishib oldi.

Yangiliklar lentasi
0