TOSHKENT, 22 noya — Sputnik. Rossiya opera yulduzi Dmitriy Xvorostovskiy vafot etdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti, xonandaning oila aʼzolariga asosan.
"Oilamiz nomidan, bosh miya saratoniga qarshi ikki yarim yillik kurashdan soʻng 55 yoshida sevimli opera baritoni, turmush oʻrotogʻi, ota, oʻgʻil va doʻst — Dmitriy Xvorostovskiyning vafoti haqida xabar beramiz. U ushbu tong, 22 noyabr kuni oʻzining Londondagi uyi yaqinida, oʻz oila aʼzolari davrasida osoyishta vafot etdi. Uning joʻshqin ovozi doimo biz bilan boʻladi", — deyilgan xonanda oilasi tomonidan Facebookda tarqatilgan rasmiy xabarda.
Eslatib oʻtamiz, Dmitriy Xvorostovskiyning saraton kasaliga chalingani haqidagi xabar dastlab 2015 yilning iyun oyida paydo boʻlgan edi.
Mashhur opera qoʻshiqchisi bosh miya saratoni kasaliga chalinganidan soʻng ovozini saqlab qolgan, lekin oyoqda oʻzini tik tutib turishga qaynalgan.
"Men boriga shukur qilib, bugungi kunning har bir lahzasidan bahra olib yashashga harakat qilayapman", — degan edi xonanda oʻzining soʻnggi intervyularidan birida.

Besh yillik oʻqish vaqtining oʻzidayoq Xvorostovskiy "Yevgeniy Onegin", "Traviata", "Faust", Pikovaya dama", "Iolanta" kabi mashhur operalarda solist boʻlib Krasnoyarsk opera yulduziga aylanadi.

1994 yida xonanda Britaniya fuqaroligini oldi va Londonga koʻchib oʻtdi, lekin har yili yozda oʻz vatani Rossiyaga gastrolga kelib turdi.
Dmitriy Xvorostovskiy 2011 yilda Toshkentdagi "Istiqlol" saroyida ham Igor Krutoy bilan birgalikda kontsert bergan edi. Oʻshanda 4 ming kishilik ulkan zalda birorta ham boʻsh oʻrin qolmagan edi.
Dmitriy Xvorostovskiyning 4 nafar farzandi bor.
Xonandaning juda koʻp mukofotlari bor. Ular orasida Glinka nomli RSFSR davlat premiyasi (1991), Rossiya Xalq Artisti (1995), Vatanga xizmati uchun ordeni (2017).
