O‘zbekistonda 2018-yilda analog shakldagi teleeshittirishlar to‘xtatiladi

© Sputnik / AlexTikhomirovStudiya veshaniya telekanala "Rossiya" na strani blijnego zarubejya
Studiya veshaniya telekanala Rossiya na strani blijnego zarubejya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda raqamli teleshittirishlarga o‘tilishi munosabati bilan 2018-yilda analog teleeshittirishlar bosqichma-bosqich to‘xtatiladi

TOShKENT, 22 noya — Sputnik. O‘zbekistonda yer usti analog teleeshittirishlarni bosqichma-bosqich to‘xtatish jadvali (tanishish uchun yozuv ustiga bosing) tasdiqlangan bo‘lib unga ko‘ra, 2018-yil 15-yanvaridan 5-dekabriga qadar respublika bo‘ylab analog formatdagi barcha teleeshittirishlar to‘xtatiladi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Prodaja plazmennix televizorov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston 2018-yil yakunida raqamli teleuzatishga to‘liq o‘tadi

Raqamli televideniyening analog televideniyedan farqi, bu avvalo tasvir sifatida ko‘zga yaqqol tashlanadi. Chunki tasvirni uzatish hamda qabul qilish jarayonida raqamli qayta ishlanishi yanada yuqori sifatga erishish imkonini beradi. Ilgari uydagi televizor juda kam holatlarda a’lo darajada ko‘rsatardi, ekrandagi tasvirlar jimirlashib, turli tashqi ta’sirlar kuzatilardi, tasvir tez-tez yo‘qolib qolar edi. Yangi shakldagi televideniyeda esa tashqi ta’sirlar sezilarli darajada kamayib, tasvirning ravshanligiga erishilgan. Tasvir va tovush g‘oyat tiniq, ranglar yorqin va tasvirda har bir detal aniq aks etadi.

Qarorga ko‘ra, "Mahalla" xayriya jamoat fondini jalb etgan holda aholiga, shu jumladan aholining kam ta’minlangan qatlamlariga va pensionerlarga, raqamli teleeshittirishlarni qabul qiluvchi televizorlar, tunerlar va boshqa qurilmalarni xarid qilish uchun imtiyozli iste’mol kreditlari berilishini kengaytirish tavsiya etilgan.

Raqamli televideniyening joriy qilinishi respublika bo‘ylab yanada ko‘proq teledasturlarni namoyish etish imkonini beradi. Analogli TVda bitta uzatkich bitta teledasturni uzatib berardi. Tabiyki, 12 ta teledasturni uzatish uchun 12ta uzatkich o‘rnatish kerak bo‘lardi. Bu esa radiochastota kanallari yetishmasligi sababli imkonsiz edi. Raqamli televideniyeda bitta uzatkich orqali uzatiladigan telekanallar sonini 12 — 18 tagacha yetkazish imkonini beradi.

Yangiliklar lentasi
0