Germaniya Harakatlar strategiyasi doirasida o‘zaro hamkorlikka tayyorligini bildirdi

© Doris AntonyZdanii Posolstva Uzbekistana v Germanii
Zdanii Posolstva Uzbekistana v Germanii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Germaniya siyosiy doira vakillariga O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda uning amalga oshirishning borishi to‘g‘risida batafsil axborot berdi

TOShKENT, 23 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti huzuridagi strategik va mintaqaviy tadqiqotlar Instituti, Xalqaro tadqiqotlar axborot tahlil markazi, "Taraqqiyot strategiyasi" Markazi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Germaniyaning Berlin shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi. Bu haqda "Taraqqiyot strategiyasi" Markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Germaniya banklari O‘zbekistonga 1 milliard yevroga yaqin mablag‘ ajratadi

Bugungi kunga qadar delegatsiya a’zolari federal kanslerning idorasi, Tashqi ishlar, Iqtisodiyot va energetika, Iqtisodiyotni rivojlantirish va hamkorlik federal vazirliklarida, Sharqiy Yevropa va xalqaro tadqiqotlar, Germaniya tashqi siyosat fondi kabi tashkilotlar vakillari bilan 20dan ortiq uchrashuv, muzokaralar va maslahatlashuvlar o‘tkazdilar.

Tashrif doirasida o‘tkazilgan dastlabki uchrashuvlar davomida "Taraqqiyot strategiyasi" Markazi ijrochi direktori Akmal Burxanov Germaniya siyosiy doira vakillariga 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda uning amalga oshirishning borishi to‘g‘risida batafsil axborot berdi. O‘z navbatida, nemis hamkorlar bu dasturiy hujjatda belgilangan vazifalarni amaliyotga joriy qilishda o‘zaro hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirdilar.

O‘zbekiston delegatsiyasining Germaniyaga tashrifi davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0