Siyosat

Pan Gi Mun Mirziyoyevga Koreya bilan aloqalarni rivojlantirayotgani uchun minnatdorlik bildirdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishBMT sobiq bosh kotibi Pan Gi Mun
BMT sobiq bosh kotibi Pan Gi Mun - Sputnik Oʻzbekiston
Pan Gi Mun Shavkat Mirziyoyevga Oʻzbekiston va Janubiy Koreya oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qoʻshayotgan hissasi uchun minnatdorlik izhor qildi

TOSHKENT, 24 noya — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 noyabr kuni Seul shahrida BMTning sobiq Bosh kotibi Pan Gi Munni qabul qildi, deb xabar qildi prezident matbuot-xizmati.

Obmen papkami s dokumentami - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston prezidentining Koreyaga tashrifi davomida 60dan ortiq hujjat imzolandi
"Samimiy va ochiq ruhda oʻtgan muloqotda davlatimiz rahbari Pan Gi Mun BMTga Bosh kotiblik davrida Oʻzbekiston bilan BMT hamkorligida samarali loyihalar amalga oshirilganini yodga oldi.

Pan Gi Mun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifini yuqori baholab, bu ikki mamlakat oʻrtasidagi azaliy doʻstlik va oʻzaro ishonch ruhidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishda muhim qadam boʻlishini qayd etdi", — deyiladi xabarda.

Shuningdek, joriy yil noyabr oyida Samarqandda oʻtgan Markaziy Osiyo mintaqasiga bagʻishlangan xalqaro anjumanda koʻtarilgan masalalar dolzarbligi, Oʻzbekistonning tashabbuslari Markaziy Osiyoni barqaror, iqtisodiy rivojlangan va yuksak taraqqiy etgan mintaqaga aylantirishda muhim qadam boʻlishi taʼkidlandi.

Pan Gi Mun Mirziyoyevga Oʻzbekiston va Janubiy Koreya oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qoʻshayotgan hissasi uchun minnatdorlik izhor qildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala