Dunyoda

Turkiya Oʻzbekiston va yana 21 davlatdan "gyulenchilar" ekstraditsiyasini soʻraydi

© REUTERS/Greg Savoy/Reuters Osnovatel dvijeniya "Xizmet" Fetxullax Gyulen
Osnovatel dvijeniya Xizmet Fetxullax Gyulen - Sputnik Oʻzbekiston
FETO aʼzolarini topshirish haqidagi soʻrov Markaziy Osiyo davlatlari orasida Oʻzbekistondan tashqari Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Turkmaniston rahbariyatlariga yoʻllanadi

TOSHKENT, 24 noya — Sputnik. Turkiya adliya vazirligi Fathulloh Gyulen tashkiloti (FETO) aʼzolari ishini koʻrib chiqayotgan Anqara jinoiy sudining soʻroviga asosan FETO tashkilotining 45 vakilini Turkiyaga topshirish talabi bilan Oʻzbekiston va yana 21 davlatga soʻrov joʻnatadi. Bu haqda Anadolu axborot agentligiga tayanib Sputnik Qirgʻiziston xabar berdi.

Fathulloh Gyulen - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Turk siyosatchisi: AQSH Gyulenning “gullab” qoʻyishidan xavfsiramoqda

Agentlikning xabariga koʻra, FETO tarafdorlarini topshirish boʻyicha eng koʻp soʻrov AQShga joʻnatiladi – 15. Buyuk Britaniya va Germaniyaga 4tadan soʻrov joʻnatiladi.

Shuningdek, Albaniya, BAA, Belgiya, Burkina-Faso, Norvegiya, Niderlandiya, Malta, Isroil, Kamboja, Madagaskar, Mozambik, Tailand, Togo, JAR, Misrdan "gyulenchilar"ni topshirish soʻraladi.

Markaziy Osiyo davlatlari orasida Oʻzbekistondan tashqari Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Turkmaniston rahbariyatlariga yoʻllanadi.

AQShning Pensilvaniya shtatida yashovchi Fathulloh Gyulen Turkiya hukumati tomonidan 2016 yil 16 iyuliga oʻtar kechasi mamlakatda davlat toʻntarishi sodir etishga urinishda ayblangan. Gyulenning oʻzi esa bu ayblovni rad etib keladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala