CLICK foydalanuvchilari aviachiptalarni MAK saytidan xarid qilish imkoniga ega bo‘ldi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishPassajir derjit posadochnie taloni na samolet kompanii Air Berlin
Passajir derjit posadochnie taloni na samolet kompanii Air Berlin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan avval CLICK foydalanuvchilari uchun "O‘zbekiston temir yo‘llari" AKning temir yo‘l chiptalarini xarid qilish imkoni ham joriy qilingan edi.

TOShKENT, 24 noya – Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK saytida CLICK tizimi foydalanuvchilari uchun chiptalarni xarid qilish imkoniyati joriy qilindi.

O‘zbekiston Havo yo‘llarining samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Havo yo‘llari internet orqali bilet sotishni boshladi

"Barcha O‘zbekiston ahliga shunday imkoniyat yaratganimizdan mamnunmiz va foydalanuvchilarimiz ushbu xizmatni qulay deb topishadi, deb o‘ylaymiz", — dedi CLICK kompaniyasi bosh direktori Ulug‘bek Rustamov.

Bundan avval CLICK foydalanuvchilari uchun "O‘zbekiston temir yo‘llari" AKning temir yo‘l chiptalarini xarid qilish imkoni ham joriy qilingan edi.

12 noyabrdan esa "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi chiptalarni Visa karta bilan kompaniya saytida onlayn tarzda xarid qilish imkoniyati joriy etgandi.

CLICK tizimi — mobil banking tizimi bo‘lib, jismoniy shaxslarga mobil telefon yoki Internet orqali turli tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi.

Yangiliklar lentasi
0