Navoiy viloyatida "Xalq banki"ni tunashga uringan shaxs qo‘lga olindi

© FSB RF / Mediabankka o‘tishZaderjanie prestupnika
Zaderjanie prestupnika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
U qo‘lga olish chog‘ida tartib posbonlariga qarshilik ko‘rsatishga harakat qilgan

TOShKENT, 24 noya – Sputnik. U jinoyat ustida IIV qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqdagi lavha "Yoshlar" telekanalining "Davr" dasturida namoyish etildi, deb yozadi nuz.uz.

Nashrning yozishicha, 10-noyabr kuni soat taxminan 5.45da Navoiy viloyati Uchquduq tumani qo‘riqlash boshqarmasining navbatchilik qismiga "Xalq banki"ning Zarafshon filialiga kimdir kirgani haqida signal yetib keladi.

Voqea joyiga kelgan tezkor xodimlar eshik buzilganligini ko‘rishadi. Ichkariga kirgan huquqni muhofaza qilish organi xodimlari bankdan pullarni o‘marishga uringan shaxsni qo‘lga olishadi. U qo‘lga olish chog‘ida tartib posbonlariga qarshilik ko‘rsatishga harakat qilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0