O‘zbekistonliklar Shuhrat Nuraliyev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirishmoqda

Obuna bo‘lish
22 noyabr kuni taniqli kino va teatr aktori Shuhrat Nuraliyev 37 yoshida hayotdan ko‘z yumdi

TOShKENT, 24 noya — Sputnik. O‘zbekistonliklar Shuhrat Nuraliyev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirishmoqda.

Rejisser Shuxrat Nuraliyev - Sputnik O‘zbekiston
Akter va rejisser Shuhrat Nuraliyev 37 yoshida vafot etdi

Jumladan, o‘zbek qo‘shiqchisi va aktrisasi Rayxon Ganiyeva Facebookdagi o‘z sahifasida Shuhrat Nuraliyev vafoti munosabati bilan "joylari jannatda bo‘lsin" degan izoh qoldirgan.

Shuningdek, boshqa foydalanuvchilar ham o‘z hamdardlik izohlarini yozishgan.

Umid Zokirov "yana judolik! Ayni kuchga tulgan, ijod qiladigan payt! Shuxrat Nuraliyev bugun bu foniy dunyoni tark etdi! Ajoyib komik aktor, ham sahnada ham kinoda o‘z fayzi bilan muxlislarni qoyil qoldirgan, juda ko‘ngli toza, birovga ziyoni tegmaydigan chin inson edi"- deb izoh yozgan.

"Qalbi tozza pok inson edilar, hammamizni yuzimizga tabassum ulashardilar", — deb yozgan Shavkat Usmanov.

"Ishonging kelmaydi, kecha bor odam bugun yo‘q. Kino lentalari, ekranlarda, muxlislari qalbida abadiy yashaydi", — deb yozgan Dilfuza Jurayeva.

"Dili pok beg‘ubor yigit edi. Oxirati obod bo‘lsin", — Nurillo Abbosxon G‘oziyev.

"Oxiratlari obod bo‘lsin! Oila a’zolariga, do‘stlariga va muxlislarga sabr" — deb yozgan Nargis Djurabayevna.

Eslatib o‘tamiz, yaqindagina 37 yoshini qarshi olgan taniqli aktor — Shuhrat Nuraliyev o‘zini rejissor sifatida sinab ko‘rishga ulgurgan edi. Kino muxlislari qalbidan joy olgan "Lafz" kartinasi aynan uning ijod mahsuli ekani ko‘pchilikka ma’lum.

Nuraliyev "Osmondagi bolalar", "Devona", "Ulfatlar-2", "Yangi boy", "Sevginator-2", "Zarb" filmlaridagi takrorlanmas obrazlari bilan tomoshabinlar mehrini qozongan edi. Bundan tashqari, Nuraliyev 5 ta filmni rejissor sifatida suratga olgandi.

Marhum so‘nggi paytlarda "Jassar teatr shou" xususiy teatrida bosh rejissor sifatida ishlab kelayotgandi.

Sputnik O‘zbekiston tahririyati Shuhrat Nuraliyevning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Yangiliklar lentasi
0