Jamiyat

Toshkent IIBB dindorlarning ommaviy hibsga olinishi haqidagi xabarlarni izohladi

© AP Photo / Anvar IlyasovUzbekskiye militsionerы vozle doma
Uzbekskiye militsionerы vozle doma - Sputnik Oʻzbekiston
Facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda 16-21 noyabr kunlari Oʻzbekiston maxsus xizmatlari Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatining Chinoz va Yangiyoʻl tumanlarida istiqomat qiluvchi dindorlarning uylarida reydlar oʻtkazgani haqida maqolalar eʼlon qilingan

TOSHKENT, 25 noya – Sputnik. Toshkent shahar IIBB boshligʻi oʻrinbosari D.Toshxoʻjayev Toshkent shahri va Toshkent viloyatida islom diniga eʼtiqod qiluvchilarning ommaviy ravishda hibsga olingani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar boʻyicha izoh berdi.

Facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda 16-21 noyabr kunlari Oʻzbekiston maxsus xizmatlari Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatining Chinoz va Yangiyoʻl tumanlarida istiqomat qiluvchi dindorlarning uylarida reydlar oʻtkazgani haqida maqolalar eʼlon qilingan. Bu xabarlarda shuningdek, odamlarning uylarida tintuv oʻtkazilgani, dindorlarning oʻzlari soʻroq qilingani haqida aytilgan.

Patrulnaya mashina uzbekskoy militsii - Sputnik Oʻzbekiston
IIBB: fuqarolar oʻz beparvoliklari oqibatida jabrlanuvchiga aylanib qolishmoqda

Bundan tashqari, goʻyoki huquqni muhofaza qilish organlari Zangiota tumanida ushlangan fuqarolardan 1986 yilda tugʻilgan, 2008 yildan beri qidiruvda boʻlgan Goʻzal Toʻxtaxoʻjayeva ismli ayol haqida maʼlumot soʻragan.

Shuningdek, maqolada Toshkent va Toshkent viloyatining Zangiota tumanida uch kun ichida 20 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan 80ga yaqin dindor erkak va ayollar ushlangan boʻlib, ulardan 7 nafari Toshkent shahar IIBB tergov izolyatorida ushlab turilgani aytilgan.

Ushbu ish tafsilotlarini aniqlash maqsadida UzNews.uz muxbiri Toshkent shahar IIBBga murojaat qildi. Toshkent SHIIBB tergov boshqarmasi boshligʻi Doniyor Toshxoʻjayevning soʻzlariga koʻra, 1986 yilda tugʻilgan Goʻzal Toshxoʻjayevaga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 159- (Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish), 244- (Ommaviy tartibsizliklar) moddalari boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va 2009 yilda Toshkent shahar Uchtepa tuman IIB tergov boʻlimi tomonidan qidiruvga berilgan. Ayni paytda G.Toʻxtaxoʻjayevani qoʻlga olish maqsadida huquqni muhofaza qilish organlari uning qayerdaligini biladigan, u bilan muloqotda boʻlishi mumkin boʻlgan, lekin bu haqda ichki ishlar organlariga xabar bermagan shaxslarni soʻroq qilmoqda.

Bundan tashqari, Toshxoʻjayev huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari Goʻzal Toʻxtaxoʻjayevaning qayerdaligini aniqlash uchun Chinoz va Yangiyoʻl tumanlarida yashovchi fuqarolarni soʻroq qilishmaganini alohida taʼkidladi.

Xabarda Goʻzal Toʻxtaxoʻjayevaning qayerdaligini bilgan yoki uni koʻrganlar boʻlsa 102 yoki 281-93-02, 281-92-80, 281-94-45, 281-93-23 raqamlariga qoʻngʻiroq qilish yoxud yaqin-atrofdagi ichki ishlar boʻlimiga murojaat qilish soʻralgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala