Jamiyat

Koreya instituti rahbari Oʻzbekistondagi vazirlik maslahatchisi boʻldi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyPustoye kreslo
Pustoye kreslo - Sputnik Oʻzbekiston
Koreya personalni rivojlantirish instituti prezidenti Kim Yon Se Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining faxriy maslahatchisi boʻldi

TOSHKENT, 25 noya — Sputnik. Koreya personalni rivojlantirish instituti prezidenti Kim Yon Sega Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining faxriy maslahatchisi maqomi berildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining Facebookdagi sahifasida xabar qilindi.

Agentlik matbuot xizmatining bildirishicha, mehnat migratsiyasini tashkil etishda mavjud tajriba va amaliy koʻnikmalarni hisobga olgan holda, shuningdek, koreyalik ish beruvchilar bilan Oʻzbekistondan ishchi kuchini jalb qilishda hamkorlikda ish olib borish maqsadida mazkur tayinlov amalga oshirildi.

© Agentstvo po voprosam vneshney trudovoy migratsii pri ministerstveKoreya personalni rivojlantirish instituti prezidenti Kim Yon Se
Glava Koreyskogo instituta stal sovetnikom ministerstva v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Koreya personalni rivojlantirish instituti prezidenti Kim Yon Se

Koreya personalni rivojlantirish instituti prezidenti Kim Yon Se Kvanju universitetining buxgalteriya fakulteti va oliy tijorat maktabini, Kyongsang elektron hisobga olish fakulteti, Kvanju universiteti magistraturasi, Chonnam universitetining maʼmuriy nazorat va boshqaruv boʻyicha oliy siyosiy kursini tamomlagan.

22 noyabr kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreyaga rasmiy tashrifi doirasida Oʻzbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi va Koreya personalni rivojlantirish instituti oʻrtasida memorandum imzolangandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala