Jamiyat

Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi yakunlandi

Tashrif doirasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnikaviy va boshqa sohalarga oid umumiy qiymati 10 milliard AQSH dollaridan ortiq 60 dan ziyod hujjat imzolandi

TOSHKENT, 25 noya – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi har tomonlama samarali boʻldi, deb yozadi Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev v Yujnoy Koreye - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya bosh vaziri bilan uchrashdi

Prezidentning tashrifi davomidagi uchrashuvlarda yirik investitsiyaviy loyihalarni moliyalashtirish, iqtisodiyot, energetika, moliya, sarmoya, yuqori texnologiyalar kabi sohalardagi hamkorlikni yanada faollashtirish, oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, gumanitar aloqalarni kengaytirish, vazirliklar va idoralararo hamkorlikni mustahkamlashga doir masalalar muhokama qilindi.

Tashrif doirasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnikaviy va boshqa sohalarga oid umumiy qiymati 10 milliard AQSH dollaridan ortiq 60 dan ziyod hujjat imzolandi. Shundan 4,5 milliard dollari toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalardir.

Oʻzbekiston rahbari 24 noyabr kuni BMT sobiq bosh kotibi, Xalqaro Olimpiya qoʻmitasining etika komissiyasi raisi Pan Gi Munni qabul qildi. Oʻzaro muloqotda Shavkat Mirziyoyev Pan Gi Mun BMT bosh kotibi lavozimida faoliyat yuritgan davrda Oʻzbekiston bilan BMT hamkorligida samarali loyihalar amalga oshirilganini yodga oldi.

BMT sobiq bosh kotibi Pan Gi Mun - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Pan Gi Mun Mirziyoyevga Koreya bilan aloqalarni rivojlantirayotgani uchun minnatdorlik bildirdi

Pan Gi Mun Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifini yuqori baholab, ikki mamlakat oʻrtasidagi azaliy doʻstlik va oʻzaro ishonch ruhidagi hamkorlik aloqalari rivojida yangi bosqichni boshlab berganini qayd etdi.

Oʻzbekistonning tashabbuslari Markaziy Osiyoni barqaror va yuksak iqtisodiy rivojlangan mintaqaga aylantirishda muhim qadam boʻlishi taʼkidlandi.

Pan Gi Mun Shavkat Mirziyoyevga Oʻzbekiston va Janubiy Koreya munosabatlarini mustahkamlashga qoʻshayotgan hissasi uchun minnatdorlik izhor qildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston prezidenti Koreya Milliy Assambleyasi spikeri Chon Se Gyun bilan uchrashdi.

Spiker Janubiy Koreya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi doʻstlik va strategik munosabatlarni yanada mustahkamlash keng koʻlamli hamkorlikni rivojlantirishda muhim oʻrin tutishini taʼkidladi.

Prezident Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi faoliyati bilan tanishdi.

Shavkat Mirziyoyev Koreya poytaxti meriyasiga tashrif buyurdi. Prezidentni Seul shahri meri Pak Von Sun kutib oldi.

Shavkat Mirziyoyev faxriy mehmonlar kitobiga oʻz tilaklarini yozib qoldirdi.

Shavkat Mirziyoyev i Mun Chje In - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev Seul shahrining faxriy fuqarosi unvoni bilan taqdirlandi

Uchrashuvda Oʻzbekiston bilan Janubiy Koreyani doʻstlik rishtalari, oʻzaro manfaatli hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlari mustahkam bogʻlab turishi alohida taʼkidlandi.

Zamonaviy texnologiyalar asosida shaharni boshqarish, transport tizimi va uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha samarali tizimni tashkil etish sohasida Janubiy Koreyaning ilgʻor tajribasidan foydalanish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Shaharsozlik, meʼmorchilik va landshaft dizayni sohalarida oʻzaro hamkorlikni faollashtirish muhimligi qayd etildi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Seul shahrining faxriy fuqarosi unvonini berishga bagʻishlangan marosim boʻlib oʻtdi.

Mirziyoyev Toshkent shahridagi koʻchalardan biriga Seul nomini berish taklifini bildirdi.

Shavkat Mirziyoyevga Seul shahri faxriy fuqarosi unvoni tantanali topshirildi.

Oʻzbekiston prezidenti tashrif davomida Koreya bosh vaziri Li Nak Yon bilan uchrashdi.

Shavkat Mirziyoyev i Mun Chje In - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Janubiy Koreya Oʻzbekistonga 500 million dollar sarmoya yoʻnaltiradi

Oʻzbekiston rahbarining Janubiy Koreyaga davlat tashrifi davomida savdo, yoqilgʻi-energetika, kimyo, transport va transport kommunikatsiyalari, logistika, avtomobilsozlik, togʻ-kon sanoati, yengil sanoat, oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar, tibbiyot, turizm, fan-taʼlim va madaniyat kabi koʻplab sohalarda kelishuvlarga erishildi.

Shavkat Mirziyoyev Koreya bosh vaziri Li Nak Yon bilan uchrashuvda erishilgan mazkur kelishuvlarni amaliyotga izchil tatbiq etish, yangi istiqbolli loyihalar boʻyicha hamkorlik aloqalarini jadallashtirish masalalarini muhokama qildi.

Oʻzbekiston prezidenti Koreya prezidenti Mun Chje In hamrohligida Seul shahridagi Janubiy Koreya Milliy muzeyiga tashrif buyurdi.

Prezident muzey eksponatlari bilan tanishdi. Madaniy-gumanitar sohalarda davlatlar oʻrtasidagi aloqalarni yanada kengaytirish yuzasidan kelishib olindi.

Shu bilan Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi nihoyasiga yetdi.

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev Koreya prezidenti Mun Chje Inning taklifiga binoan 22-24-noyabr kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda boʻldi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala