Dunyoda

Turkiyadagi telekanal prodyuseri Rossiya elchisi oʻlimida ayblanib hibsga olindi

© Posolstvo Rossii v Turtsii / Fotobankka oʻtishPosle pokusheniya skonchalsya posol Rossii v Turtsii Andrey Karlov
Posle pokusheniya skonchalsya posol Rossii v Turtsii Andrey Karlov - Sputnik Oʻzbekiston
Unga qasddan qotillik qilish boʻyicha ayblov eʼlon qilindi va Fathulloh Gyulen tashkiloti bilan aloqada boʻlganligi gumon qilinmoqda

TOSHKENT, 25 noya — Sputnik. Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlovning oʻlimi boʻyicha tergov jarayoni doirasida TRT "TRT Avaz" telekanalining "Eko Avaz" dasturi sobiq prodyuseri, "Guru Mediya" noshirlik guruhi rahbari X.A. hibsga olindi. Bu haqda Turkiya OAVlariga tayanib Sputnik Qirgʻiziston xabar bermoqda.

2016 yil 19 dekabrda Anqaradagi badiiy koʻrgazma ochilishi marosimida turk politsiyachisi Mevlyut Mert Altintash Rossiya elchisi Andrey Karlovni otib oʻldirgandi. Anqara prokuraturasi qotillik ishi boʻyicha tergov ishlarini boshlagandi. Oʻtgan haftada tergov ishida kutilmagan burilish yuz berdi.

Andrey Karlov - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Qirgʻiziston elchisi: Karlovni mendan uch qadam narida otishdi

Anqara sudiga "Guru Mediya" noshirlik guruhi rahbari X.A. keltirildi hamda prokuror Adem Akindji tomonidan soʻroq qilindi. Xabar berilishicha, soʻroqdan soʻng jinoyat sudi uni hibsga olish haqida hukm chiqardi. Unga qasddan qotillik qilish ayblovi eʼlon qilindi.

Maʼlumotlarga koʻra, X. A. ilgariroq FETO doirasida axborot faoliyati bilan shugʻullanganlikda gumon qilinib qoʻlga olingan. Gumondorning oʻzi FETO bilan aloqada boʻlganligini, ammo 2008 yilda aloqani uzganligini aytgan. Tergov doirasida X.A. 2012-2013 yillarda FETOning qidiruvda boʻlgan aʼzosi Onder Aytach bilan telefon orqali muloqot qilganligi aniqlangan.

Turkiya OAVlarining yozishicha, X. A. 2016 yil dekabrida Moskvada "Turk-Rossiya munosabatlariga iqtisodiy nigoh" nomli konferentsiyani tashkil etgan "Eurasian House" tashkilotining bosh direktori boʻlgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala