Jamiyat

Koreyaga tashrif yakunlari: shartnomalar, muzeylar va BMT sobiq bosh kotibi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Mun Chje In
Shavkat Mirziyoyev i Mun Chje In - Sputnik Oʻzbekiston
Milliard dollarlik shartnomalar, yangi investitsiyaviy loyihalar va madaniy hamkorlik – Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga ilk tashrifi natijalari

TOSHKENT, 25 noya — Sputnik, Anton Kurilkin. Oʻzbekiston prezidenti Janubiy Koreyaga ilk tashrifini amalga oshirdi.

Biznes shartnomalar va investitsiyaviy loyihalar

Shavkat Mirziyoyev birinchi navbatda biznesmenlar bilan uchrashdi – ikki davlat tadbirkorlari Janubiy Koreya-Oʻzbekiston biznes forumida jam boʻlishdi. Oʻzbekistonda ish yuritish imkoniyatlari haqida soʻzlar ekan, prezident ikki mamlakat hamkorligining hajmi ulkan ekanligini qayd etdi – 2017 yil holatiga koreyaliklar 7 milliard dollar sarmoya kiritishgan va 461ta korxona ochishgan.

Oʻzbekiston prezidenti Mun Chje Inning taklifiga binoan 22 noyabr kuni davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasiga keldi. - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
Shavkat Mirziyoyevning Koreyaga davlat tashrifi

Tashrif davomida bir nechta yirik investitsiyaviy shartnomalar imzolandi – Koreyaning bir nechta gigant kompaniyalari (Hyundai, Evergreen Holdings, Youngone Corporation, Hwachon Plant-Gemco) Oʻzbekistonda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishga qaror qildi.

Bular orasida eng koʻzga tashlanadigani Hyundai kompaniyasi shartnomasi boʻldi – avtokontsern Oʻzbekistonda avtomobillar ishlab chiqarishni boshlaydi. Yangi korxonaning qayerda joylashishi va ishlab chiqarish hajmi haqida hozircha oshkor qilinmadi, faqat ishlab chiqaradigan mahsulotlari turi maʼlum: avtobuslar, yuk mashinalari va ayrili yuklagichlar.

Mirziyoyevning Seulga tashrifi davomida imzolangan barcha shartnomalarning umumiy qiymati 8,94 milliard dollarni tashkil etadi. Eng koʻp investitsiya energetika va neft-kimyoga yoʻnaltiriladi— 2,95 milliard dollar. Sal kamroq — 2,7 milliard dollar bank-moliya sohasiga, 1,7 milliard dollar esa infratuzilmaga ajratiladi.

Tashrifning siyosiy qismi va idoralar hamkorligi

Soʻngra prezident koreyalik hamkasbi Mun Chje In bilan muzokaralar oʻtkazdi. Tor doirada oʻtkazilgan muzokaralarda prezidentlar hamkorlikning kelgusidagi istiqbollar haqida suhbatlashishdi hamda mintaqaviy va xalqaro siyosat boʻyicha fikr almashishdi.

BMT sobiq bosh kotibi Pan Gi Mun - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Pan Gi Mun Mirziyoyevga Koreya bilan aloqalarni rivojlantirayotgani uchun minnatdorlik bildirdi

Muzokaralar yakunlariga koʻra tomonlan hamkorlik boʻyicha bir qator muhim memorandumlarni imzoladi: endilikda Adliya, Tashqi ishlar va Iqtisodiyot vazirliklari oʻzaro hamkorlik qilishadi. Oʻzbekiston Tashqi savdo vazirligi va Koreya Savdo, sanoat va energetika vazirligi hamkorlikda elektron savdo platformasini joriy etishadi.

Janubiy Koreya shuningdek, Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlishiga yordam beradigan boʻldi. Janubiy koreyalik mutaxassislar oʻzbekistonlik hamkasblariga texnik, konsultativ va ekspert koʻmagini koʻrsatadi.

Tomonlar Koreyaga oʻzbek uranini yetkazib berishga ham kelishib olishdi.

Oʻzbekiston prezidenti Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi spikeri va mamlakat bosh vaziri bilan ham uchrashdi.

Shartnomalar imzolanganidan soʻng Shavkat Mirziyoyev BMTning sobiq bosh kotibi Pan Gi Munni qabul qildi – ular ikki mamlakatning kelgusidagi hamkorligi borasidagi masalalarni muhokama qilishdi.

Seulning faxriy fuqarosi va prezident haqidagi kitob

Tashrif davomida madaniy qismga ham oʻrin ajratildi – Oʻzbekiston prezidenti Koreya Milliy muzeyi va Seul muzeyiga tashrif buyurdi.

Shavkat Mirziyoyev i Mun Chje In - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev Seul shahrining faxriy fuqarosi unvoni bilan taqdirlandi

Seul meriyasida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga shaharning faxriy fuqaroligini berish marosimi boʻlib oʻtdi.

Bundan tashqari, koreys tilida chop etilgan "Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev" nomli kitobning taqdimoti oʻtkazildi.

Kitob 50 ming nusxada nashr etilgan boʻlib, 350 sahifadan iborat hamda mavzular boʻyicha sakkizta bobga boʻlingan. Kitobda Shavkat Mirziyoyevning faoliyati haqida batafsil hikoya qilinadi.

Oʻz navbatida Oʻzbekiston rahbari ikki xalq oʻrtasidagi doʻstlik belgisi sifatida Toshkentdagi koʻchalardan birini Koreya poytaxti Seul nomi bilan atashni taklif qildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala