Turizm

Mehmonxonalarda Qurʼon, joynamoz va qibla koʻrsatgichi boʻlishi shart etib belgilandi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishKoran i chetki
Koran i chetki - Sputnik Oʻzbekiston
Har bir mehmonxonaning umumiy xonalar sonining kamida oʻndan birida Qurʼoni Karim, ibodat qilish uchun joynamoz hamda kamida 30 foizida qibla koʻrsatgichi boʻlishi shart

TOSHKENT, 25 noya – Sputnik. Oʻzbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining "Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish markazi" davlat unitar korxonasi tomonidan yangi davlat standarti ishlab chiqildi, deb xabar berdi Oʻzbekiston musulmonlari idorasi rasmiy portali.

Turistы vo vremya ekskursii - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Oʻzbekistonda ziyorat turizmi boʻyicha assotsiatsiya tashkil etiladi

Xabarda aytilishicha, "Turistik xizmatlar. Joylashtirish vositalari. Umumiy talablar" boʻyicha standart 2018 yilning 1 yanvaridan kuchga kirishi belgilangan.

Oʻrnatilgan qoidalarga koʻra, har bir mehmonxonaning umumiy xonalar sonining kamida oʻndan birida Qurʼoni Karim, ibodat qilish uchun joynamoz hamda kamida 30 foizida qibla koʻrsatgichi boʻlishi shart.

Qayd etilishicha, bu ziyorat turizmini rivojlantirish, mamlakatga tashrif buyurayotgan ziyoratchilarga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq Toshkent xalqaro aeroportida namozxona tashkil etilgani maʼlum qilingandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala