Sport

Rossiyadagi turnirda oʻzbekistonlik toʻrt bokschi finalga chiqdi

© olamsport.comBokser Sanjar Tursunov v chempionate mira v Gamburge
Bokser Sanjar Tursunov v chempionate mira v Gamburge - Sputnik Oʻzbekiston
Final janglarida Hasanboy Doʻsmatov, Iqboljon Xoldorov, Isroil Madrimov va Sanjar Tursunov ishtirok etadi

TOSHKENT, 25 noya – Sputnik. Rossiyaning Beloyarskiy shahrida boʻlib oʻtayotgan boks boʻyicha "Neft mamlakatlari kubogi"da oʻzbekistonlik toʻrt nafar bokschi final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Bu haqda olamsport.com xabar bermoqda.

Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Doʻsmatov (52 kg) yarim finalda rossiyalik Artur Lojkov bilan kuch sinashdi. U jangda toʻliq ustunlik qildi va final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Hasanboy ertaga finalda rossiyalik yana bir bokschi Artur Jaayevga qarshi jang oʻtkazadi.

Kubok Gubernatora Sankt-Peterburga po boksu - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Isroil Madrimov Sankt-Peterburgdagi turnirda eng yaxshi bokschi boʻldi

64kg vazn toifasidagi bokschi Iqboljon Xoldorov mezbonlar vakili Alisa Sharifov ustidan gʻalaba qozondi. Endi u finalda rossiyalik sportchi Grigoriy Lizunenkoga qarshi jang qiladi.

75kg vazn toifasida janglarda ishtirok etayotgan Isroil Madrimov mezbon bokschi Vladislav Savostyanovga qarshi ringga chiqdi.

Jang toʻliq Isroilning ustunligi ostida kechdi. U hattoki ikkinchi raundda raqibini nokdaun holatiga ham tushirib qoʻya oldi. Yakunda hakamlar bir ovozdan Madrimovning gʻalabasini qayd etdilar. Madrimov finalda boshqa bir rossiyalik bokschi Andrey Kovalchukka qarshi jang qiladi.

91 kg vazn toifasida janglarni oʻtkazadigan Sanjar Tursunov yarim finalda mezbon bokschi Sergey Korneyevga qarshi ringga chiqishi lozim edi. Ammo uning raqibi jangda ishtirok eta olmasligini maʼlum qildi. Shu sababli Sanjar Tursunov ertaga boʻlib oʻtadigan final jangida ishtirok etadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala