TOSHKENT, 27 noya — Sputnik. Haqiqatdan ham Oʻzbekistonda polietilen paketlardan iborat musor nafaqat axlatxonalarni, balkim bancha yon-atrofni toʻldirib yuborgan. Ushbu muammoni hal qilish maqsadida Oʻzbekistonda polietilen paketlarni pullik qilishga qaror qilindi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Polietilen paketlarni barcha savdo nuqtalarida cheklanmagan miqdorda bepul tarqatish oqibatida bugungi kunda Oʻzbekistonda poletilen axlati miqdorining keskin koʻpayishiga olib kelmoqda. Xalqaro press-klubda boʻlib oʻtgan majlisda ushbu masala muhokama qilindi.
Ekspertlar ushbu muammoni hal qilishning turli yoʻllarini taklif qilishdi. Davlat Geologiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Aybek Adxamjanov aytishiga qaraganda, haqiqatdan ham plastik paketlar tabiatga zarar keltirmoqda. Mutaxassis fikriga koʻra, ularning sifatini oshirib, tarkibida organik elementlar koʻproq qoʻshish kerak.
Oliy Majlis deputati Farxodjon Quvvatovning fikriga koʻra, mamlaktda ushbu paketlarni bepul tarqatishni cheklab, faqat pulga sotish tartibini kiritsh kerak.
“Bugungi kunda biz axlatni qayta ishlash va utilizatsiya qilish bilan shugʻullanmoqdamiz. Buning uchun yangi texnologiyalarning turli xillari qoʻlanilmoqda. Shu bilan bir vaqtda plastik paketlarni pullik qilish vaqti ham keldi.Bu aholini ulardan kamroq foydalanishga undashi mumkin”, — dedi deputat.
Shuni qayd etish kerak-ki, bugungi kunda dunyoning 40 mamlakatida polietilen paketlardan foydalanishga taʼqiq kiritilgan. Yevropa mamlakatlari va Rossiyada ham polietilen paketlar faqat sotilishi mumkin. Sotuvdan tushgan mablagʻ esa plastik axlatni qayta ishlashga yoʻnaltiriladi.
Oʻzbekiston hukumati oxirgi yil davomida butun mamlakat boʻylab qarovsiz yerlarda qoldirilgan chiqindilarga qarshi kurashmoqda. Ushbu maqsadda respublikada “Toza hudud” nomli 13ta davlat unitar korxonasi tashkil qilindi. Shahar va tumanlarda ularning 174ta filiali ochildi. Buning evaziga 10 mingta yangi ish oʻrinlari yaratildi.
Yaqin orada 482ta zamonaviy konteynerlar bilan jihozlangan, chiqindi jamlash punktlari qurish rejalashtirilgan. Ulardan 289 tasining loyiha hujjatlari tasdiqlanib, qurilish tashkilotlaribilan kerakli hujjatlar imzolangan.
Shuningdek yil oxiriga qadar 52 mlrd soʻm evaziga 158ta assenizatsiya avtomobillari sotib olish rejalashtirilgan. Samarqand vtomobil zavodi bilan 122ta ana shunday avtomobil sotib olish haqida shartnoma imzolangan.