O‘zbekiston bosh prokurori Peterburgda MDH va ShHTdagi hamkasblari bilan uchrashadi

© Sputnik / Aleksey DrujininVo vremya podpisaniya dokumentov po itogam rossiysko-uzbekistanskix peregovorov
Vo vremya podpisaniya dokumentov po itogam rossiysko-uzbekistanskix peregovorov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston delegatsiyasi shuningdek, Sankt-Peterburg shahrida Xalqaro prokurorlar assotsiatsiyasi Mintaqaviy vakolatxonasining ochilish marosimida ishtirok etishi kutilmoqda

TOShKENT, 28 noya – Sputnik. 29-30 noyabr kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg ShHTga a’zo davlatlar bosh prokurorlarining 15-majlisi va MDHga a’zo davlatlar bosh prokurorlari muvofiqlashtiruvchi kengashining 27-majlisi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu majlislarda O‘zbekiston bosh prokurori Ixtiyor Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etadi.

Xabar qilinishicha, O‘zbekiston delegatsiyasi shuningdek, Sankt-Peterburg shahrida Xalqaro prokurorlar assotsiatsiyasi Mintaqaviy vakolatxonasining ochilish marosimida ishtirok etishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0