Toshkentga FIDE delegatsiyasi keldi

© Federatsiya shaxmat Uzbekistana Prezident FIDE Kirsan Ilyumjinov naxoditsya s vizitom v Uzbekistane
Prezident FIDE Kirsan Ilyumjinov naxoditsya s vizitom v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi hukumatida uchrashuv o‘tkazadi va Toshkent shahridagi bolalar shaxmati festivali ochilishi marosimida ishtirok etadi.

TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Kirsan Ilyumjinov boshchiligidagi Xalqaro shaxmat federatsiyasi delegatsiyasi Toshkent shahriga keldi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi hukumatida uchrashuv o‘tkazadi va Toshkent shahridagi bolalar shaxmati festivali ochilishi marosimida ishtirok etadi.

Ilyumjinov O‘zbekistonga shu yilning may oyida ham kelgandi. O‘shanda u shaxmat bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘quvchilari bilan uchrashgandi. FIDE rahbari shuningdek, maktab o‘quvchilari o‘rtasida jahon chempionati kumush medali sovrindori — yetti yoshli Odina Olimova bilan do‘stona dona surgandi.

Yangiliklar lentasi
0