O‘zbekiston Dushanbeda "Uztreyd" savdo uyi ochdi

Obuna bo‘lish
Ushbu yilning aprel oyida Dushanbedagi “Poytaxt-90” savdo markazida birinchi O‘zbekiston ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tgan va unda ikki mamlakat biznesmenlari 35 million $ga 20 ta shartnoma imzolashgan edi.

TOShKENT, 29 noya — Sputnik. O‘zbekiston Dushanbeda “Uztreyd” savdo uyi ochdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.

Savdo uyi ochilish tantanali marosimiga Qozog‘iston, Qirg‘iziston elchilari, Sanoat vazirligi, Rossiya savdo vakolatxonasi, Savdo-sanoat palatasi va xalqaro tashkilotlar vakillari kelishdi.

“O‘ztreyd” savdo uyida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan elektrotexnikadan kiyim-kechakkacha, qurilish materiallaridan oziq-ovqat mahsulotlarigacha bor.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yilning aprel oyida Dushanbedagi “Poytaxt-90” savdo markazida birinchi O‘zbekiston ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tgan va unda ikki mamlakat biznesmenlari 35 million $ga 20 ta shartnoma imzolashgan edi.

Yangiliklar lentasi
0