Jamiyat

Statistika qoʻmitasi yanada ishonchli maʼlumotlar bera boshlaydi

© Mejdunarodnыy Press-klubKonferentsiya v MEjdunarodnom Press-klube: Liberalizatsiya ekonomiki...
Konferentsiya v MEjdunarodnom Press-klube: Liberalizatsiya ekonomiki... - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Xalqaro Press-klubda boʻlib oʻtgan anjumanda Davlat Statistika qoʻmitasi vakillari sohada olib borilayotgan muhim oʻzgarishlar haqida xabar berishdi.

TOSHKENT, 29 noya – Sputnik. Bugun Xalqaro Press-klubda “Iqtisodiyotni liberallashtirish: iqtisodiy oʻsish va inflyatsiya jarayoni” mavzusida navbatdagi anjumani boʻlib oʻtdi.

Unda Davlat statistika qoʻmitasi Raisning birinchi oʻrinbosari Bohodir Mirusmanov va yana ushbu muassasaning yana bir qator rahbarlari ishtirok etishdi.

Tsentralnыy bank Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Markaziy bank valyuta bozori tez orada liberalizatsiya qilinishini bildirdi

Davlat Statistika qoʻmitasi vakillari oʻzlari oldidan turgan asosiy maqsadlar qatorida quyidagilarni sanab oʻtishdi:

ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni kengroq qamrab olish;

statistik kuzatuvlar tizimini xalqaro amaliyotga moslashtirish;

statistik axborotlarni maksimal darajada ochiq-oydinligini taʼminlash;

respublika koʻrsatkichlarini xalqaro statistik toʻplamlarda chop etish;

xalqaro statistik tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish;

statistika hisobotlarini tayyorlashda xoʻjalik subʼyektlariga koʻmaklashish;

maʼlumotlar bilan ishlash jarayonida avtomatlashtirish darajasini chuqurlashtirish;

statistik maʼlumotlarning yagona bankini shakllantirish;

Konvertdagi valyuta - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Statistika qoʻmitasi korruptsiya boʻyicha kuzatuv oʻtkazmoqda

statistika organlarining tahliliy imkoniyatlarini mustahkamlash;

Undan tashqari, Davlat Statistika qoʻmitasi xalqaro reytinglarda xolis va toʻgʻri baholanishini taʼminlash maqsadida, xalqaro tashkilotlarning 18 ta savolnomasi doimiy ravishda toʻldirilib kelinayotganini xabar qildi.

Xususan, Yevropa iqtisodiy komissiyasi (YEIK), Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xalqaro tashkilotlarga statistik maʼlumotlar sohasida hamkorlik amalga oshirilayotganligi aytib oʻtildi.

Shuningdek, 2017 yil 1 noyabrdan boshlab, Davlat statistika qoʻmitasining Internet tarmogʻidagi yangilangan veb-sayti ishga tushirilganligi va unda koʻplab statistik maʼlumotlar, tahliliy maʼlumotlar joylashtirilgani haqida xabar berildi.

Podpis dokumentov - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Valyuta islohoti Oʻzbekiston iqtisodiyotining yuksalishiga olib keladi - XVF

Undan tashqari, Xalqaro valyuta fondining kengaytirilgan maʼlumotlar tarqatish tizimi (XVF k-MTUT)ga ulanish jarayoni jadallik bilan amalga oshirilayotgani ham aytib oʻtildi. Shuningdek, rasmiy veb-saytida “XVF k-MTUT” sahifasi ochildi va unda Yigʻma maʼlumotlar milliy sahifasi, Yigʻma maʼlumotlar jadvallari, metamaʼlumotlar va maʼlumotlarni eʼlon qilish taqvimlari, XVF mutaxassislari bilan hamkorlikda, joylashtirib borilmoqda.

Kerakli maʼlumotlarni oʻz vaqtida jamlash va eʼlon qilinishini yoʻlga qoʻyish uchun, Hukumat tomonidan alohida Nazorat rejasi, Idoralararo ishchi guruhi tashkil qilindi va ular 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab ishga tushadi.

 

Yangiliklar lentasi
0