O‘zbekistonliklar Osiyoda yilning eng yaxshi bokschisi nomiga da’vogarlar ro‘yxatida

© Yuri CORTEZ / AFPUzbekskiy bokser Xasanboy Dusmatov
Uzbekskiy bokser Xasanboy Dusmatov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yil yakunlari bo‘yicha Osiyo konfederatsiyasi so‘rovnomasida jami 13 nominatsiya ko‘rsatilgan bo‘lib, nafaqat bokschilar, balki murabbiylar, hakamlar va milliy boks federatsiyalariga ham ovoz berish mumkin

TOShKENT, 30 noya — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchilar yil yakunlari bo‘yicha Osiyo boks konfederatsiyasi so‘rovnomasida bir nechta nominatsiyalarda joy olishgan.

So‘rovnomada jami 13 nominatsiya ko‘rsatilgan bo‘lib, nafaqat bokschilar, balki murabbiylar, hakamlar va milliy boks federatsiyalariga ham ovoz berish mumkin.

Bokser Sanjar Tursunov v chempionate mira v Gamburge - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyadagi turnirda o‘zbekistonlik to‘rt bokschi finalga chiqdi

Shahram G‘iyosov, Hasanboy Do‘smatov va Jasurbek Latipovlar "2017 yilning eng yaxshi bokschisi" nominatsiyasida ro‘yxatga kiritilgan.

Yosh bokschilar orasida Rajabboy Otanazarov, o‘smirlar o‘rtasida Javlonbek Yo‘ldoshevlar g‘oliblikka da’vogar.

The World Series Boxing (WSB) tasnifida Isroil Madrimov yoki Abdulhay Shorahmatovga ovoz berish mumkin. Iqboljon Xoldorov va Sanjar Tursunovlar "Yil kashfiyoti" nominatsiyasida kurash olib borishadi.

Xalqaro texnik vakillar orasida Dilshod Kazakov, murabbiylar orasida Hamid Tangriberganov nomi ko‘rsatilgan. Aleksandr Hamidov yilning eng yaxshi hakami bo‘lishga nomzod.

Milliy assotsiatsiyalar ichida O‘zbekiston Boks federatsiyasi ham eng yaxshi bo‘lishga nomzodlar qatorida qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0