Hodisalar

Avstraliyadagi tele-shouda boshlovchining oʻlimiga bir bahya qoldi...

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishRossiyskiy festival nauki NAUKA O+
Rossiyskiy festival nauki NAUKA O+ - Sputnik Oʻzbekiston
Koʻngilochar telekoʻrastuv vaqtida kimyoviy tajriba nazorat ostidan chiqib ketdi va koka-kola butilkasi boshlovchining boshi yonidan katta-tezlikda uchib oʻtib ketdi.

TOSHKENT, 30 noya — Sputnik. Avstraliyada jonli efir vaqtida, kimyoviy tajriba baxtsiz hodisaga aylanishiga bir bahya qoldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Studio 10 kanalining ertalabki koʻngilochar koʻrsatuvi davomida, fizika oʻqituvchisi va bloger Djeykob Strikling, raketa kabi uchirish niyatida, koka-kola butilkalarini suyultirilgan azot bilan toʻldiradi.

Tajriba davomida boshlovchi yordamchisi Natarshe Bellingdan yordam berishni soʻraydi. Lekin yordamchi notoʻgʻri hatti-harakati tufayli, koka-kola “raketasi” boshqa tomonga – yordamchining boshi yonidan katta tezlikda uchib oʻtib, ketdi. Baxtli tasodif tufayli hech kim jarohatlanmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu “shou” qattiq tanqidga uchradi. “Bu eng axmoqona tajriba”, deb yozgan koʻpchillik. Ularning fikriga koʻra, koka-kola butilkasi boshlovchini oʻldirishiga bir bahya qolgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala