Manba: O‘zbekiston Rossiyadan 12 dona Mi-35 vertoloti oladi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishVertoleti Mi-35
Vertoleti Mi-35 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vertolotlarni yetkazib berish 2018-yildan boshlanadi

TOShKENT, 30 noya — Sputnik. O‘zbekiston mamlakat harbiy-havo kuchlari 12 dona jangovar Mi-35 vertolotlari yetkazib berish bo‘yicha Rosoboroneksport bilan shartnoma tuzdi, deb xabar berdi vaziyat bilan tanish manba RIA Novostiga.

"Mi-35 vertolotlari bilan bog‘liq masala hal bo‘ldi. Barcha shartlar kelishib olindi, 12ta vertolot uchun shartnoma imzolandi, yetkazib berish 2018-yildan boshlanadi", — dedi agentlik suhbatdoshi.

U yetkazib berishning aniq muddatini aytmadi, lekin Rossiya tomonidan shartnomaga noyabr oyida O‘zbekistonga tashrifi yakunlari doirasida RF bosh vaziri Dmitriy Medvedev imzo chekkanini bildirdi.

Harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha Rossiya federal xizmati mazkur xabarni izohlamadi.

Yangiliklar lentasi
0