Galina Melnikova: bu mukofotni butun xalqimizga berilgan mukofot deb bilaman

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGalina Melnikova
Galina Melnikova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Taniqli o‘zbek diktori, "Mehrjon" xayriya fondi Vasiylik kengashining a’zosi Galina Melnikovaga mukofotni Rossiya prezidentining xorijiy mamlakatlar bilan mintaqalararo va madaniy aloqalar bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Vladimir Chernov topshirdi

TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Bugun Toshkentda O‘zbekiston xalq artisti, milliy televidenie diktori Galina Melnikovaga Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan berilgan mukofot topshirildi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Eslatib o‘tamiz, 27-noyabr kuni Putin Galina Melnikovani Rossiya va O‘zbekiston xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash borasidagi samarali faoliyati uchun "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlagandi.

Galina Melnikova - Sputnik O‘zbekiston
Putin Galina Melnikovani orden bilan mukofotladi

Taniqli o‘zbek diktori, "Mehrjon" xayriya fondi Vasiylik kengashining a’zosi Galina Melnikovaga mukofotni Rossiya prezidentining xorijiy mamlakatlar bilan mintaqalararo va madaniy aloqalar bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Vladimir Chernov topshirdi.

"O‘zbekistonimizda 140ga yaqin millat va elatlar tinch-totuv yashab kelishmoqda. Men O‘zbekistonla tug‘ilgan rus ayoliman. Mening otam ham 1908-yilda shu yerda tug‘ilgan. Men o‘zimni tub o‘zbekistonlik deb his qilaman. Menda rusiylik ko‘pmi, o‘zbeklik, buni bilmayman. Yurtimizda barcha do‘stlik va ahillikda yashaydi. Xalqimiz birdam, mehnatsevar, mehmondo‘st, bag‘rikeng va ijodkor. Men bu mukofotni butun xalqimizga tegishli mukofot deb bilaman", — dedi Galina Vitalyevna tantanali topshirish marosimida.

U so‘zi oxirida berilgan yuksak mukofot uchun Rossiya rahbariga minnatdorlik bildirdi.

Galina Melnikova — O‘zbekiston xalq artisti, oliy toifali diktor. Shuningdek, Pushkin medali, "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni, "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlangan, "Oltin qalam" milliy mukofoti sohibasi

Yangiliklar lentasi
0