O‘zbekiston musulmonlari idorasining Haj haqida fatvosi e’lon qilindi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishPalomniki v Mekke
Palomniki v Mekke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu fatvoda hajning farz bo‘lishi uchun kishida topilishi lozim bo‘lgan shartlar, shuningdek, haj safariga otlanishning tartib-qoidalari, axloq-odoblari bayon etilgan

TOShKENT, 1 dek – Sputnik. O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan e’lon qilingan ushbu fatvoda hajning farz bo‘lishi uchun kishida topilishi lozim bo‘lgan shartlar, shuningdek, haj safariga otlanishning tartib-qoidalari, axloq-odoblari bayon etilgan.

Makka shahri - Sputnik O‘zbekiston
Hajga kvotalar soni yana to‘rt mingtaga oshirildi

"O‘tgan yillar davomida haj safariga borayotgan fuqarolarimizning holatini kuzatish asnosida shu narsaga ham guvoh bo‘lmoqdamizki, ayrim kishilar o‘zlari hajga borishga na moddiy imkoniyati va na rag‘bati bo‘lgan holda yoki sog‘ligi yaxshi emasligi yoxud uzoq safarga borishga layoqatli emasligiga qaramasdan ularning o‘g‘il-qizlari go‘yoki o‘z farzandlik burchlarini bajarish yoki el-yurt orasida soxta obro‘ topish maqsadida ota-onalarini haj safariga jo‘natayotganlari, oxir-oqibat haj amallaridagi mashaqqatlar ular uchun og‘ir tuyulib, ibodatlarni mukammal ado etishga bee’tibor bo‘linayotgan holatlar ham uchrab turibdi. Holbuki, haj ibodatining maqbul bo‘lishi haj qilayotgan kishining odob-axloqining go‘zal bo‘lishiga ham bog‘liq bo‘lib, birovlar bilan janjallashish, boshqalarga malol keltiradigan xatti-harakatlar qilish ham haj amaliga putur yetkazadi.

Hojilik maqomini qo‘lga kiritishdan ko‘ra uning sha’nini saqlashning mas’uliyati og‘irroqdir. Chunki, hoji degan nom ortida Makkai mukarrama va Madinai munavvaradek shaharlar va u yerdagi muqaddas qadamjolarga ehtirom, umuman, Islom diniga hurmat yotadi. Shu nuqtayi nazardan, har bir hoji o‘zining gap-so‘zi, xatti-harakati, xalq orasidagi muomala-munosabati bilan muqaddas Islom diniga nisbatan hurmat uyg‘otishi yoki uning nomiga dog‘ tushirishi ham mumkin ekanini hech qachon yodidan chiqarmasligi lozim bo‘ladi", deyiladi unda.

Palomniki iz Uzbekistana nachnut vernutsya domoy s 8-sentabrya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik ziyoratchilar haj safaridan 8-sentabrdan boshlab qaytishadi

Qayd etilganlarni e’tiborga olib, O‘zbekiston musulmonlari idorasi haj haqida quyidagi fatvoni e’lon qildi.

Hajga borish uchun talabgorlarda hajning farz bo‘lishi uchun hur, bolig‘, oqil, sog‘lom bo‘lish hamda asliy hojatlaridan va qaytib kelgunicha oilasini ta’minlashga qoldiradigan nafaqadan tashqari hajga borib kelishiga yetadigan mablag‘ga qodir bo‘lish, shuningdek yo‘lning tinch va ochiq bo‘lishi kabi zarur shartlarning mavjudligiga e’tibor qaratilsin. Bunda joylardagi imom-xatiblar mahalla faollariga bevosita ko‘maklashsinlar.

Nafaqat moddiy imkoniyat balki, yurish-turish va muomalada o‘zgalarga ibrat hamda namuna ko‘rsatgan, ma’naviy yetuk, Islom dinining avvalgi to‘rtta arkonlarini ado etib kelayotgan fuqarolarning nomzodini hajga boruvchilar ro‘yxatiga kiritishga e’tibor qaratilsin.

Haj ibodati umr davomida bir marta farz ekanidan kelib chiqib, o‘tgan yillar davomida haj ibodatini ado etishga muyassar bo‘lgan fuqarolarning navbatini hajga bormaganlarga berish maqsadga muvofiqdir.

Umra va Haj ziyorati - Sputnik O‘zbekiston
Haj va Umra ziyoratlari qanday bajariladi

Hajga borish uchun talabgorlar sonining ko‘pligi nuqtayi nazaridan, ro‘yxatda turganlar yosh jihatdan va mahalla ahli orasidagi hurmat-e’tiboriga ko‘ra o‘zaro bir-birlariga muruvvat qilishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Hajga borish uchun ro‘yxatga kiritilgan musulmonlar haj ibodati to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishlariga e’tibor qaratsinlar. Ushbu ishda imom-xatiblar mo‘min-musulmonlarga amaliy yordam ko‘rsatsinlar.

Hajga borish uchun talabgorlar mahalladagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarda faollik ko‘rsatishi, yoshlar tarbiyasida, ularning turli jinoyatlarga qo‘l urmasliklarida jonkuyar bo‘lishi tavsiya qilinsin.

Yangiliklar lentasi
0