Jamiyat

Afgʻoniston prezidenti Buxoro davlat universitetida maʼruza qiladi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishPrezident Afganistana Moxammad Ashraf Gani
Prezident Afganistana Moxammad Ashraf Gani - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Afgʻoniston prezidenti Muhammad Ashraf Gʻani rasmiy tashrif bilan Toshkent shahriga keladi

TOSHKENT, 2 dek — Sputnik. 2017 yil 4 dekabr kuni Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf Gʻani rasmiy tashrif bilan Toshkent shahriga keladi.

Samoletы v aeroportu Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasida samolyotlar parvozi yoʻlga qoʻyiladi

Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmatining xabar berishicha, Oliy darajadagi uchrashuvlarda Oʻzbekiston va Afgʻoniston munosabatlarining bugungi holati va uzoq istiqbolga moʻljallangan hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini muhokama qilish, asosiy xalqaro muammolar va mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash masalalari yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

"Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qoʻshma bayonoti qabul qilinishi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, fan-taʼlim va boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar, shuningdek, tijorat shartnomalari imzolanishi kutilmoqda", —deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Afgʻoniston prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi dasturidan, shuningdek, Buxoro shahrini ziyorat qilish ham oʻrin olgan. Oliy martabali mehmon Buxoro davlat universiteti professor-oʻqituvchilari va talabalari bilan uchrashadi hamda ular huzurida maʼruza qiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala